Bugun
SSKA o‘yinchisi Popov O‘zbekiston va Rossiya uchrashuvi haqida gapirdi
+19°
небольшая облачность ветер 3 м/с, СЗ
ENRU

BTS yangi albomi yozildi, bahorda chiqishi kutilmoqda

Madaniyat
41
BTS yangi albomi yozildi, bahorda chiqishi kutilmoqda
BTS guruhining yangi albomi yozib bo‘lindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda guruh a’zosi Chimin Weverse platformasidagi translyatsiya davomida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, albom kelasi yil bahorida chiqishi kutilmoqda.

Chimin shunday dedi: “Endigina albomni yozib oldik. Endi qo‘shiqlarimizni targ‘ib qilishni boshlashga oshiqyapman.” Bundan avvalroq BTS a’zolari yangi albomning 2026 yilning mart oyida chiqishi rejalashtirilganini aytib o‘tishgan edi.

Albom taqdimotidan so‘ng, guruh jahon gastrol safariga chiqishni rejalashtirmoqda. Ammo hozirda gastrolning aniq sanalari va tafsilotlari hali kelishilmagan.

Big Hit Music kompaniyasi bu borada muzokaralar davom etayotganini ma’lum qilgan. Eslatib o‘tamiz, BTS 2022 yilda harbiy xizmatni o‘tash uchun vaqtincha musiqiy faoliyatini to‘xtatgan edi.

Guruh a’zolaridan birinchi bo‘lib Jin (Kim Sokchin) xizmatni boshladi. 2025 yil iyun oyida esa barcha ishtirokchilar harbiy xizmatni yakunlab, guruh faoliyatini davom ettirishga qaytishdi.

O‘xshash yangiliklar

Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
MadaniyatBugun, 15:42
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
MadaniyatKecha, 15:42
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
MadaniyatKecha, 13:49
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
Ikki marta "Oskar" mukofoti sovrindori, "O'tkir tig'lar" seriali va "Pianinochi" filmi aktyori Edrian Broudi O'zbekistonga tashrif buyurdi. Uning kelishi 21-22-oktabr
Madaniyat22:58, 21-10-2026
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Qozog'istonda giyohvand moddalar kontrabandasida gumonlanib qo'lga olingan rossiyalik reper Navai Bakirovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi.
Madaniyat16:32, 21-10-2026
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan «Ibn Sino» xalqaro mukofotini ta’sis etish rejalashtirilmoqda. Bu qaror 19
Madaniyat21:46, 20-10-2026