Nakamura Sindarov Gukeshga qarshi favorit deb topdi

Xikaru Nakamura Rook Review nashriga bergan tahlilida o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarovning jahon chempioni Gukesh Dommaraju bilan kelajakdagi duch kelishida aniq ustunlikka ega ekanligini tasdiqladi. Bu haqda One.uz xabar beradi.
Nakamura Sindarovning mag‘lubiyatini tasavvur qilish qiyin deb aytdi va bu bahsni 2013 yildagi Magnus Karlsen va Visvanatan Anand o‘rtasidagi tarixiy duch kelishiga solishtirdi. O‘shanda Karlsen raqibini uch partiyada mag‘lub etib, ishonchli tarzda chempion bo‘lib chiqqan edi.
Ameriklik grossmeysterga ko‘ra, hozirgi vaziyatda ham eng real ssenariy aynan shu yo‘lga o‘xshaydi. Nakamura amaldagi jahon chempioni Gukeshning hozirgi formasini ham baholadi.
Uning fikricha, faqatgina bahs mutlaqo teng natijada tugasa, Gukeshda psixologik ustunlik paydo bo‘lishi mumkin. Biroq, so‘nggi yarim yilda Gukesh o‘yinida keskin sakrash yoki kutilmagan darajada o‘sish belgilarini ko‘rmaganligini ta’kidladi.
Shu sababli bu duch kelishining shunchalik teng o‘tishiga ishonmaydi. Eslatib o‘tamiz, Javohir Sindarov da’vogarlar turnirida mutlaq g‘alaba qozonib, jahon chempionligi toji uchun Gukesh Dommarajuga qarshi o‘ynash huquqini rasmiylashtirgan.
Butun dunyo shaxmat ixlosmandlari kutayotgan bu tarixiy duch kelish yangi davrning eng qiziq va keskin bahslaridan biriga aylanishi kutilmoqda. Manba: One.uz





