ENRU

Robert Englundning Gollivuddagi yulduzi ochildi

Madaniyat
22
Robert Englundning Gollivuddagi yulduzi ochildi
2025-yilning 31-oktyabr kuni AQShning Los-Anjeles shahrida joylashgan Gollivud Yulduzlar xiyobonida taniqli aktyor Robert Englundning yulduzi ochilish marosimi o‘tkazildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Englund dahshat janridagi mashhur "Tol ko‘chasi" filmlar seriyasida Freddy Krueger obrazi orqali keng tanilgan. Uning yulduzi 6644 Hollywood Boulevard manzilida, "Motion Pictures" toifasida joylashtirildi.

Sana bejiz tanlanmagan, chunki Xellouin bayrami aynan Freddy Krueger obrazining mashhurligini yanada oshirgan va dahshat janri muxlislari orasida alohida o‘rin tutadi. Marosimda aktyorning hamkasblari va yaqin do‘stlari ishtirok etishdi.

Ular orasida "Tol ko‘chasi" trilogiyasida Nensi obrazini ijro etgan Heather Langenkamp va taniqli rejissor Eli Rot ham bor edi. Eli Rot o‘z nutqida Englundni "dahshat janrining tirik afsonasi" deb atab, "Freddy qo‘rquv ramziga aylangan, lekin Robert unga insoniylik, xarizma va millionlar taniydigan ovoz bag‘ishladi", dedi.

77 yoshli Robert Englund ushbu kunni "hayotidagi eng baxtli Xellouin" deb atadi va franchayzaga sodiq qolgan barcha muxlislariga minnatdorchilik bildirdi. U hazil bilan, "Hech qachon o‘ylamagandimki, bir kun kelib chiziqli sviter va shlyapa kiygan yigit yulduzlar orasidan joy oladi", deya qo‘shimcha qildi.

Mazkur marosim Hollywood Walk of Fame’ning rasmiy sahifasi orqali jonli efirda namoyish etildi.

O‘xshash yangiliklar

Ahror Qo'shmatovning davolanishi uchun bir kunda ikki milliard so'm yig'ildi
Ahror Qo'shmatovning davolanishi uchun bir kunda ikki milliard so'm yig'ildi
Taniqli teleboshlovchi Ahror Qo‘shmatovning salomatligi yomonlashgani haqidagi xabarlar jamoatchilik o‘rtasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda
MadaniyatKecha, 23:58
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga tashrif buyuradi
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga tashrif buyuradi
Dunyoga mashhur amerikalik bloger MrBeast, ya’ni Jimmi Donaldson o‘zining O‘zbekiston bo‘ylab ijodiy safarini davom ettirishi kutilmoqda. Uning ishchi jamoasi 10-oktabr
MadaniyatKecha, 23:52
Mashhur videobloger MrBeast yangi loyihasini suratga olish uchun Toshkentga keldi
Mashhur videobloger MrBeast yangi loyihasini suratga olish uchun Toshkentga keldi
Dunyo bo‘ylab 520 milliondan ziyod kuzatuvchiga ega bo‘lgan sayyoramizning eng mashhur videoblogeri va tadbirkori MrBeast, ya’ni Jimmi Donaldson tarixiy tashrif bilan O‘zbekiston poytaxti Toshkentga
MadaniyatKecha, 23:43
Parijda Markaziy Osiyo madaniy merosiga bagishlangan xalqaro konferensiya o'tkazildi
Parijda Markaziy Osiyo madaniy merosiga bagishlangan xalqaro konferensiya o'tkazildi
Fransiya poytaxti Parij shahridagi YUNESKO bosh qarorgohida Markaziy Osiyoning boy ilmiy, madaniy va ma’naviy merosiga bag‘ishlangan yuqori darajadagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Bu haqda
MadaniyatKecha, 23:40
Hande Erchel eronlik rejissyorning yangi dramatik filmida suratga tushadi
Hande Erchel eronlik rejissyorning yangi dramatik filmida suratga tushadi
Turkiyalik taniqli aktrisa Hande Erchel xalqaro miqyosdagi yangi kino loyihasida bosh rolni ijro etadi. U eronlik mahoratli rejissyor Nader Saeivar tomonidan suratga
MadaniyatKecha, 23:37
Mashhur bloger MrBeast Toshkentda o'z muxlislari bilan uchrashadi
Mashhur bloger MrBeast Toshkentda o'z muxlislari bilan uchrashadi
Dunyoga mashhur amerikalik videobloger, MrBeast taxallusi bilan tanilgan Jimmi Donaldson 9-oktabr kuni Toshkent shahrida o‘z muxlislari bilan uchrashuv o‘tkazadi.
MadaniyatKecha, 23:35