Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 9 noyabr
+19°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Ayaz Shabutdinov firibgarlik uchun yetti yilga hukm qilindi

Madaniyat
51
Ayaz Shabutdinov firibgarlik uchun yetti yilga hukm qilindi
Moskvada sud bloger va biznes-trener Ayaz Shabutdinovga nisbatan jinoiy ish bo‘yicha hukm chiqardi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U yetti yil davomida umumiy tartibli koloniyada jazoni o‘tashga hukm qilindi. Shuningdek, sud uni 5 million rubl miqdorida jarimaga tortdi va 113 ta firibgarlik holatida aybdor deb topdi.

Mazkur jinoyatlar natijasida yetkazilgan zarar miqdori 57 million rubldan oshgan. Ayaz Shabutdinov 2023 yil 3 noyabr kuni Moskvada hibsga olinib, tergov izolyatoriga jo‘natilgan edi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u va uning sheriklari, jumladan, "Like Center" kompaniyasi orqali, mijozlarga muvaffaqiyatli biznes yaratish va katta daromad olishga va’da beruvchi kurslarni sotishgan. Biroq ularning faoliyati aslida firibgarlik bo‘lib chiqqan.

Sud jarayonida Shabutdinov dastlab o‘z aybini tan olmagan, ammo keyinchalik qilgan xatolarini e’tirof etdi. U sudda ishonchni tiklash uchun astoydil harakat qilishga tayyorligini bildirdi va o‘zining ta’lim dasturlariga nisbatan ortiqcha umidlar uyg‘otganligi uchun uzr so‘radi.

Tergov izolyatorida bo‘lgan vaqtida o‘z xatti-harakatlari haqida chuqur o‘ylash imkoniga ega bo‘lganini ta’kidladi. 2024 yil fevral oyida unga nisbatan firibgarlik bo‘yicha yana yettita yangi jinoiy ish qo‘zg‘atilgani ma’lum qilindi.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026