Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 8 noyabr
+17°
ясно ветер 2 м/с, В
ENRU

Anjelina Joli Ukrainaga insonparvarlik tashrifi bilan bordi

Madaniyat
28
Anjelina Joli Ukrainaga insonparvarlik tashrifi bilan bordi
Gollivudning mashhur aktrisasi va rejissyori Anjelina Joli Ukrainaga insonparvarlik missiyasi doirasida tashrif buyurdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda mamlakat ommaviy axborot vositalari xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, Anjelina Joli Xerson shahridagi tibbiyot muassasalarida bo‘lib, u yerda shifokorlar va bemorlar bilan uchrashgan.

U tashrifni UNICEF tashkilotining “ezgu niyat elchisi” sifatida amalga oshirgan. Shuningdek, aktrisa Xersonga borish yo‘lida Nikolayev viloyatidagi harbiy chaqiruv bo‘limiga ham kirgan.

Buning sababi esa uning ukrainalik qo‘riqchisi vaqtinchalik ushlab turilgani bilan bog‘liq bo‘lgan. Bu Joli Ukrainaga qilgan birinchi tashrifi emas.

2022-yil aprel oyida u Lvov shahrida bo‘lib, urushdan jabr ko‘rgan bolalar va qochqinlar markaziga tashrif buyurgan edi. Aktrisaning Xersonga bu safargi tashrifi urush ta’sirida qolgan hududlarda aholiga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish hamda jahon jamoatchiligining e’tiborini Ukrainadagi insonparvarlik inqiroziga qaratish maqsadida tashkil etilgan.

Kuzatuvchilar fikricha, Anjelina Joli bu tashrifi orqali nafaqat tibbiyot xodimlariga ruhiy ko‘mak berdi, balki Ukraina xalqiga xalqaro hamjihatlikni yana bir bor his qildirdi.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026