ENRU

Netflix va Sony "K-Pop" filmining davomini yaratadi

Madaniyat
58
Netflix va Sony
Netflix va Sony kompaniyalari "K-Pop va demon ovchilari" animatsion filmining ikkinchi qismini yaratish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bloomberg xabariga ko‘ra, yangi film 2029 yilda tomoshabinlarga taqdim etilishi rejalashtirilgan. Filmning rejissyorlari yana Kris Appelhans va Meggi Kan bo‘lishadi.

To‘rt yillik tanaffusning asosiy sababi animatsion loyihalar ustida uzoq vaqt davomida ishlash zarurati bilan bog‘liq. "K-Pop va demon ovchilari" filmining birinchi qismi 20-iyun kuni katta ekranlarga chiqarilgan va darhol xalqaro darajada ommalashib, hitga aylangan edi.

Netflix platformasida ushbu film 325 milliondan ortiq tomosha qilinib, striming xizmatining eng mashhur relizlaridan biriga aylangan. Filmning saundtreki ham katta muvaffaqiyatga erishgan.

Albom Billboard 200 chartida birinchi o‘rinni egallagan, ayrim qo‘shiqlar esa Billboard Hot 100 ro‘yxatiga kirgan. Hozircha ikkinchi qism kinoteatrlarda namoyish etiladimi yoki faqat striming platformasida taqdim etiladimi, bu borada rasmiy ma’lumot yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, birinchi qism AQShda cheklangan miqdorda namoyish etilgan va taxminan 25 million dollar daromad keltirgan edi. Yangi qism ham muvaffaqiyatli bo‘lishi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Halit Ergench va Maryam Uzerli yangi filmda birga suratga tushadi
Halit Ergench va Maryam Uzerli yangi filmda birga suratga tushadi
Dunyoga mashhur Muhtasham yuz yil serialida Sulton Sulaymon va Xurram Sulton obrazlarini mahorat bilan ijro etgan aktyorlar Halit Ergench hamda Maryam Uzerli oradan o'n besh yil o'tib, yangi
MadaniyatKecha, 23:59
Sidni Suini va Merilin Monro qarindosh ekani aniqlandi
Sidni Suini va Merilin Monro qarindosh ekani aniqlandi
Gollivudning mashhur aktrisalari Sidni Suini va afsonaviy Merilin Monro o‘rtasida yaqin qarindoshlik aloqalari borligi aniqlandi. MyHeritage genealogik platformasi
MadaniyatKecha, 23:44
Ahror Qo'shmatovning davolanishi uchun bir kunda ikki milliard so'm yig'ildi
Ahror Qo'shmatovning davolanishi uchun bir kunda ikki milliard so'm yig'ildi
Taniqli teleboshlovchi Ahror Qo‘shmatovning salomatligi yomonlashgani haqidagi xabarlar jamoatchilik o‘rtasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda
Madaniyat23:58, 09-10-2026
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga tashrif buyuradi
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga tashrif buyuradi
Dunyoga mashhur amerikalik bloger MrBeast, ya’ni Jimmi Donaldson o‘zining O‘zbekiston bo‘ylab ijodiy safarini davom ettirishi kutilmoqda. Uning ishchi jamoasi 10-oktabr
Madaniyat23:52, 09-10-2026
Mashhur videobloger MrBeast yangi loyihasini suratga olish uchun Toshkentga keldi
Mashhur videobloger MrBeast yangi loyihasini suratga olish uchun Toshkentga keldi
Dunyo bo‘ylab 520 milliondan ziyod kuzatuvchiga ega bo‘lgan sayyoramizning eng mashhur videoblogeri va tadbirkori MrBeast, ya’ni Jimmi Donaldson tarixiy tashrif bilan O‘zbekiston poytaxti Toshkentga
Madaniyat23:43, 09-10-2026
Parijda Markaziy Osiyo madaniy merosiga bagishlangan xalqaro konferensiya o'tkazildi
Parijda Markaziy Osiyo madaniy merosiga bagishlangan xalqaro konferensiya o'tkazildi
Fransiya poytaxti Parij shahridagi YUNESKO bosh qarorgohida Markaziy Osiyoning boy ilmiy, madaniy va ma’naviy merosiga bag‘ishlangan yuqori darajadagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Bu haqda
Madaniyat23:40, 09-10-2026