Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 20 noyabr
+15°
qisman bulutli shamol 4 m/s, janubi-sharq
ENRU

Otabek Mahkamov Liya Axedjakova bilan uchrashdi

Madaniyat
26
Otabek Mahkamov Liya Axedjakova bilan uchrashdi
O‘zbekistonlik aktyor va bloger Otabek Mahkamov taniqli rossiyalik aktrisa Liya Axedjakova bilan uchrashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

87 yoshni qarshilaganiga qaramay, aktrisa hanuz sahnada faol ijod qilib, muxlislarini xursand etishda davom etmoqda. Axedjakova o‘zbek tomoshabinlariga 1977-yilda suratga olingan "Xizmat romani" filmidagi kotiba obrazi orqali yaxshi tanish.

Ushbu film yillar davomida o‘zbek televideniyesida sifatli dublyaj bilan namoyish etilib kelgan. Uchrashuv davomida Otabek Mahkamov aktrisaga uning obrazining o‘zbek tilidagi dublyajini taqdim etdi.

Axedjakova dublyajni yuqori baholab, ovoz o‘zbek tilida o‘zinikidek eshitilganini alohida ta’kidladi. Shuningdek, Liya Axedjakova "Moskva ko‘z yoshlariga ishonmaydi", "Taqdir hazili yoki hammomdan yengil bug‘ chiqqanida" va "Sirena shoxchasi" kabi mashhur filmlarda ham o‘ziga xos rollarni muvaffaqiyatli ijro etgan.

Madaniyat bo‘limi muxbiri

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026