ENRU

Denis Vilnev "Duna" trilogiyasini yakunladi

Madaniyat
37
Denis Vilnev
Rejissyor Denis Vilnev "Duna" trilogiyasining uchinchi qismini suratga olish ishlarini yakunladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Filmning mazmuni Frenk Gerbertning "Duna payg‘ambari" va "Dunaning bolalari" asarlariga asoslangan. Ma’lum qilinishicha, asosiy rollarni Timoti Shalame, Zendeya, Jeyson Momoa, Florens Pyu kabi mashhur aktyorlar ijro etgan.

Uchinchi filmda texnik jihatdan o‘zgarishlar amalga oshirilgan. Avvalgi ikki film raqamli formatda suratga olingan bo‘lsa, bu safar tasvir lentaga yozilgan.

Ushbu qarorni "La-La Lend" filmi operatori Linus Sandgren taklif qilgan. U Greg Freyzerning o‘rnini egallab, trilogiyaning yakuniy qismiga yanada tabiiy estetikani olib kirishga harakat qilgan.

Denis Vilnev "Duna" filmlarini davom ettirishni rejalashtirmayotganini ma’lum qildi. U endi Jeyms Bond haqidagi yangi loyiha ustida ishlashga e’tibor qaratmoqchi.

"Duna" trilogiyasining so‘nggi qismi jahon premyerasi kelasi yil dekabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shu kuni "Qasoskorlar: Qiyomat kuni" filmi ham namoyish etilishi kutilmoqda.

"Duna" Frenk Gerbert tomonidan yaratilgan mashhur ilmiy-fantastik asar bo‘lib, unda voqealar uzoq kelajakda sodir bo‘ladi. Hikoya cho‘l sayyorasi Arrakiz atrofida rivojlanadi.

Ushbu sayyora yagona "spice" manbai bo‘lib, qudratli sulolalar uning ustidan nazorat o‘rnatish uchun o‘zaro kurash olib boradilar.

O‘xshash yangiliklar

Ahror Qo'shmatovning davolanishi uchun bir kunda ikki milliard so'm yig'ildi
Ahror Qo'shmatovning davolanishi uchun bir kunda ikki milliard so'm yig'ildi
Taniqli teleboshlovchi Ahror Qo‘shmatovning salomatligi yomonlashgani haqidagi xabarlar jamoatchilik o‘rtasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda
MadaniyatKecha, 23:58
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga tashrif buyuradi
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga tashrif buyuradi
Dunyoga mashhur amerikalik bloger MrBeast, ya’ni Jimmi Donaldson o‘zining O‘zbekiston bo‘ylab ijodiy safarini davom ettirishi kutilmoqda. Uning ishchi jamoasi 10-oktabr
MadaniyatKecha, 23:52
Mashhur videobloger MrBeast yangi loyihasini suratga olish uchun Toshkentga keldi
Mashhur videobloger MrBeast yangi loyihasini suratga olish uchun Toshkentga keldi
Dunyo bo‘ylab 520 milliondan ziyod kuzatuvchiga ega bo‘lgan sayyoramizning eng mashhur videoblogeri va tadbirkori MrBeast, ya’ni Jimmi Donaldson tarixiy tashrif bilan O‘zbekiston poytaxti Toshkentga
MadaniyatKecha, 23:43
Parijda Markaziy Osiyo madaniy merosiga bagishlangan xalqaro konferensiya o'tkazildi
Parijda Markaziy Osiyo madaniy merosiga bagishlangan xalqaro konferensiya o'tkazildi
Fransiya poytaxti Parij shahridagi YUNESKO bosh qarorgohida Markaziy Osiyoning boy ilmiy, madaniy va ma’naviy merosiga bag‘ishlangan yuqori darajadagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Bu haqda
MadaniyatKecha, 23:40
Hande Erchel eronlik rejissyorning yangi dramatik filmida suratga tushadi
Hande Erchel eronlik rejissyorning yangi dramatik filmida suratga tushadi
Turkiyalik taniqli aktrisa Hande Erchel xalqaro miqyosdagi yangi kino loyihasida bosh rolni ijro etadi. U eronlik mahoratli rejissyor Nader Saeivar tomonidan suratga
MadaniyatKecha, 23:37
Mashhur bloger MrBeast Toshkentda o'z muxlislari bilan uchrashadi
Mashhur bloger MrBeast Toshkentda o'z muxlislari bilan uchrashadi
Dunyoga mashhur amerikalik videobloger, MrBeast taxallusi bilan tanilgan Jimmi Donaldson 9-oktabr kuni Toshkent shahrida o‘z muxlislari bilan uchrashuv o‘tkazadi.
MadaniyatKecha, 23:35