ENRU

Ozzi Osborn portreti qovoqlardan yaratilib, rekord o‘rnatildi

Madaniyat
22
Ozzi Osborn portreti qovoqlardan yaratilib, rekord o‘rnatildi
Buyuk Britaniyada Xellouin bayrami munosabati bilan fermerlar musiqachi Ozzi Osbornning portretini qovoq va qovoqchalardan yaratib, Ginnes rekordlar kitobiga kiritilishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu mozaika Sautgempton shahridagi Sunnyfields fermasida amalga oshirilgan. Portretda qora ko‘zoynak taqqan va "Zulmat shahzodasi" nomini olgan Ozzi Osborn tasvirlangan bo‘lib, uning atrofida ko‘rshapalaklar tasviri yaratilgan.

Mazkur mozaika musiqachiga hurmat ifodasi sifatida tayyorlangan va uning tantanali ochilish marosimida Ozzi Osbornning yaqinlari ishtirok etishgan. Portretning umumiy maydoni 212 kvadrat metrni tashkil etib, bu kattaligi bo‘yicha tennis korti o‘lchamlariga teng.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ozzi Osborn 2025-yil 22-iyul kuni 76 yoshida miokard infarkti tufayli vafot etdi. Hayotining so‘nggi yillarida u bir nechta jiddiy kasalliklar, jumladan, Parkinson kasalligidan aziyat chekkan.

Uning musiqadagi faoliyati va ijodiy merosi dunyo bo‘ylab millionlab muxlislar qalbidan joy olgan.

O‘xshash yangiliklar

Halit Ergench va Maryam Uzerli yangi filmda birga suratga tushadi
Halit Ergench va Maryam Uzerli yangi filmda birga suratga tushadi
Dunyoga mashhur Muhtasham yuz yil serialida Sulton Sulaymon va Xurram Sulton obrazlarini mahorat bilan ijro etgan aktyorlar Halit Ergench hamda Maryam Uzerli oradan o'n besh yil o'tib, yangi
MadaniyatKecha, 23:59
Sidni Suini va Merilin Monro qarindosh ekani aniqlandi
Sidni Suini va Merilin Monro qarindosh ekani aniqlandi
Gollivudning mashhur aktrisalari Sidni Suini va afsonaviy Merilin Monro o‘rtasida yaqin qarindoshlik aloqalari borligi aniqlandi. MyHeritage genealogik platformasi
MadaniyatKecha, 23:44
Ahror Qo'shmatovning davolanishi uchun bir kunda ikki milliard so'm yig'ildi
Ahror Qo'shmatovning davolanishi uchun bir kunda ikki milliard so'm yig'ildi
Taniqli teleboshlovchi Ahror Qo‘shmatovning salomatligi yomonlashgani haqidagi xabarlar jamoatchilik o‘rtasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda
Madaniyat23:58, 09-10-2026
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga tashrif buyuradi
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga tashrif buyuradi
Dunyoga mashhur amerikalik bloger MrBeast, ya’ni Jimmi Donaldson o‘zining O‘zbekiston bo‘ylab ijodiy safarini davom ettirishi kutilmoqda. Uning ishchi jamoasi 10-oktabr
Madaniyat23:52, 09-10-2026
Mashhur videobloger MrBeast yangi loyihasini suratga olish uchun Toshkentga keldi
Mashhur videobloger MrBeast yangi loyihasini suratga olish uchun Toshkentga keldi
Dunyo bo‘ylab 520 milliondan ziyod kuzatuvchiga ega bo‘lgan sayyoramizning eng mashhur videoblogeri va tadbirkori MrBeast, ya’ni Jimmi Donaldson tarixiy tashrif bilan O‘zbekiston poytaxti Toshkentga
Madaniyat23:43, 09-10-2026
Parijda Markaziy Osiyo madaniy merosiga bagishlangan xalqaro konferensiya o'tkazildi
Parijda Markaziy Osiyo madaniy merosiga bagishlangan xalqaro konferensiya o'tkazildi
Fransiya poytaxti Parij shahridagi YUNESKO bosh qarorgohida Markaziy Osiyoning boy ilmiy, madaniy va ma’naviy merosiga bag‘ishlangan yuqori darajadagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Bu haqda
Madaniyat23:40, 09-10-2026