Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 18 noyabr
+10°
to‘liq bulutli shamol 1 m/s, shimol
ENRU

Djennifer Eniston yangi sevgilisi haqida ochiq gapirdi

Madaniyat
24
Djennifer Eniston yangi sevgilisi haqida ochiq gapirdi
Djennifer Eniston Amerikaning mashhur *Elle* jurnali muqovasida paydo bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Suratda aktrisa klassik ko‘ylak va jinsi kiyimda tasvirlangan bo‘lib, ko‘zlaridagi ilhom va hissiyot ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. Ushbu his-tuyg‘ularning sababi uning yangi sevgilisi bilan bog‘liq ekanligi ma’lum bo‘ldi.

*Elle* jurnaliga bergan intervyusida Eniston ilk bor sevgilisi haqida ochiqchasiga so‘z yuritdi. Ma’lum bo‘lishicha, aktrisaning sevgilisi gipnoterapevt bo‘lib, u 56 yoshli Djenniferning hayotida muhim o‘rin egallagan.

Enistonning so‘zlariga ko‘ra, sevgilisi nafaqat g‘ayrioddiy qobiliyatga ega, balki juda ko‘p odamlarga yordam berishni o‘z hayotining maqsadi deb biladi. U sevgilisini o‘ta mehribon, bag‘rikeng va boshqalar uchun ichki tinchlikni topishga yordam beruvchi inson sifatida ta’rifladi.

Shuningdek, juftlik o‘rtasidagi munosabatlar haqida yozda mish-mishlar tarqalgan edi. Ularni birgalikda Mayorkadagi ta’tilda ko‘rishgan.

Noyabr oyida esa Djennifer bu munosabatlarni tasdiqladi. U ijtimoiy tarmoqda sevgilisini quchoqlab tushgan qora-oq suratni joylab, «Tug‘ilgan kuning bilan, sevgilim.

O‘paman», — deb yozdi. Insayderlarning ma’lumotlariga ko‘ra, juftlik bir-birini to‘liq tushunadi.

Ular meditatsiya, yoga, terapiya va o‘z itlariga bo‘lgan muhabbatni birga bo‘lishadi. Oldin Bred Pitt va Jastin Ter bilan turmush qurgan Djennifer uchun ushbu munosabatlar haqiqiy baxt va ruhiy tinchlik manbai ekanligi aytilmoqda.

Madaniyat bo‘limi muxbiri

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026