ENRU

Malika Rahimova: Tarbiyachilikdan teatr sahnasigacha bo‘lgan yo‘l

Madaniyat
34
Malika Rahimova: Tarbiyachilikdan teatr sahnasigacha bo‘lgan yo‘l
Aktrisa Malika Rahimova yaqinda “Mirsodiqova bilan” YouTube loyihasiga bergan intervyusida talabalik davri, kasbiy faoliyati va oilaviy hayoti haqida ochiq gapirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Rahimova talabalik yillarida kontrakt to‘lovini amalga oshirish uchun turli ishlarni bajarishga majbur bo‘lganini ta’kidladi. Dastlab u bolalar maydonchasida tarbiyachi bo‘lib ishlagan.

Keyinchalik supermarket ma’muriyati uni videokuzatuv bo‘limiga taklif qilgan va qisqa muddatda qorovul sifatida ish boshlagan. U bu vazifaga bir oz qo‘rquv bilan yondashgan bo‘lsa-da, vaqt o‘tishi bilan ishga ko‘nikib, hatto o‘g‘irlik holatlarini aniqlashni ham o‘rgangan.

Keyinroq temiryo‘l vokzalida ishlash taklifini olgan. Bu vaqtda u o‘qishni tamomlagan bo‘lib, teatrda ish izlagan, lekin bo‘sh shtat yo‘qligi sababli yana vokzalga qaytishga majbur bo‘lgan.

Shu bilan birga, u teatrda yarim shtat asosida rejissyor yordamchisi sifatida ishlashni boshlagan. Bugungi kunda Malika Rahimova teatrning birinchi toifali aktrisasi hisoblanadi.

Temiryo‘l vokzalida esa yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash uchun portlovchi moddalarni aniqlovchi maxsus uskunalar bilan ishlagan. Hozirda aktrisa tug‘ruq ta’tilida bo‘lib, farzandlari tarbiyasiga alohida e’tibor qaratmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Halit Ergench va Maryam Uzerli yangi filmda birga suratga tushadi
Halit Ergench va Maryam Uzerli yangi filmda birga suratga tushadi
Dunyoga mashhur Muhtasham yuz yil serialida Sulton Sulaymon va Xurram Sulton obrazlarini mahorat bilan ijro etgan aktyorlar Halit Ergench hamda Maryam Uzerli oradan o'n besh yil o'tib, yangi
MadaniyatKecha, 23:59
Sidni Suini va Merilin Monro qarindosh ekani aniqlandi
Sidni Suini va Merilin Monro qarindosh ekani aniqlandi
Gollivudning mashhur aktrisalari Sidni Suini va afsonaviy Merilin Monro o‘rtasida yaqin qarindoshlik aloqalari borligi aniqlandi. MyHeritage genealogik platformasi
MadaniyatKecha, 23:44
Ahror Qo'shmatovning davolanishi uchun bir kunda ikki milliard so'm yig'ildi
Ahror Qo'shmatovning davolanishi uchun bir kunda ikki milliard so'm yig'ildi
Taniqli teleboshlovchi Ahror Qo‘shmatovning salomatligi yomonlashgani haqidagi xabarlar jamoatchilik o‘rtasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda
Madaniyat23:58, 09-10-2026
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga tashrif buyuradi
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga tashrif buyuradi
Dunyoga mashhur amerikalik bloger MrBeast, ya’ni Jimmi Donaldson o‘zining O‘zbekiston bo‘ylab ijodiy safarini davom ettirishi kutilmoqda. Uning ishchi jamoasi 10-oktabr
Madaniyat23:52, 09-10-2026
Mashhur videobloger MrBeast yangi loyihasini suratga olish uchun Toshkentga keldi
Mashhur videobloger MrBeast yangi loyihasini suratga olish uchun Toshkentga keldi
Dunyo bo‘ylab 520 milliondan ziyod kuzatuvchiga ega bo‘lgan sayyoramizning eng mashhur videoblogeri va tadbirkori MrBeast, ya’ni Jimmi Donaldson tarixiy tashrif bilan O‘zbekiston poytaxti Toshkentga
Madaniyat23:43, 09-10-2026
Parijda Markaziy Osiyo madaniy merosiga bagishlangan xalqaro konferensiya o'tkazildi
Parijda Markaziy Osiyo madaniy merosiga bagishlangan xalqaro konferensiya o'tkazildi
Fransiya poytaxti Parij shahridagi YUNESKO bosh qarorgohida Markaziy Osiyoning boy ilmiy, madaniy va ma’naviy merosiga bag‘ishlangan yuqori darajadagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Bu haqda
Madaniyat23:40, 09-10-2026