ENRU

Sony "Labubu olami" haqida film suratga oladi

Madaniyat
42
Sony
Mashhur kinokompaniya Sony Pictures "Labubu olami" asosida film ishlab chiqarishni boshlashga qaror qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda The Hollywood Reporter nashri xabar bermoqda. Hozirda loyiha dastlabki bosqichda bo‘lib, to‘liq tafsilotlar hali ma’lum emas.

Labubu — rassom Kasing Lung tomonidan yaratilgan va dastlab How2Work kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan o‘yinchoqlar seriyasidir. Ushbu mahsulotlar 2019 yilda Pop Mart tomonidan ommaviy ishlab chiqarila boshlaganidan so‘ng, butun dunyoda juda mashhur bo‘lib ketdi.

Xaridorlar "ko‘r-quticha" usulida sotiladigan ushbu o‘yinchoqlarni qidirish uchun haqiqiy ov tashkil qilmoqda. Chunki qutini ochmaguncha ichida qaysi qahramon borligini bilib bo‘lmaydi.

Labubu seriyasiga bo‘lgan talab shu darajada oshdiki, ikkilamchi bozor ham shakllandi. Kamyob va cheklangan seriyalar auksionlarda katta summalarga sotilmoqda.

Mashhurlikning yana bir sababi bu o‘yinchoqlarning taniqli shaxslar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishidir. Masalan, Blackpink guruhidan Liza Labubu o‘yinchoqlarini o‘z obrazining bir qismiga aylantirgan va ular modaga oid aksessuarlar sifatida keng tarqalgan.

Endilikda Labubu loyihasi yangi bosqichga o‘tmoqda. To‘liq metrajli film ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Hozircha filmning prodyuseri va rejissyori tanlanmagan, shuningdek, loyiha animatsion bo‘ladimi yoki realistik uslubda suratga olinadimi, bu haqda ma’lumot berilmagan. Biroq, ushbu loyiha do‘kon tokchalaridan jahon kino sanoatigacha yo‘l bosgan boshqa mashhur brendlarning muvaffaqiyatli tajribasini eslatmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
MadaniyatKecha, 15:42
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
MadaniyatKecha, 13:49
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
Ikki marta "Oskar" mukofoti sovrindori, "O'tkir tig'lar" seriali va "Pianinochi" filmi aktyori Edrian Broudi O'zbekistonga tashrif buyurdi. Uning kelishi 21-22-oktabr
Madaniyat22:58, 21-10-2026
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Qozog'istonda giyohvand moddalar kontrabandasida gumonlanib qo'lga olingan rossiyalik reper Navai Bakirovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi.
Madaniyat16:32, 21-10-2026
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan «Ibn Sino» xalqaro mukofotini ta’sis etish rejalashtirilmoqda. Bu qaror 19
Madaniyat21:46, 20-10-2026
Marko Rubio Samarqandda O‘zbekistonning boy madaniy merosi bilan tanishdi
Marko Rubio Samarqandda O‘zbekistonning boy madaniy merosi bilan tanishdi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida Samarqand shahridagi Boqiy shahar tarixiy-etnografik majmuasida maxsus madaniy dastur
Madaniyat23:42, 19-10-2026