Bugun
Kiyevda raketa qulagan joydan o'tgan erkak omon qoldi
+24°
ясно ветер 2 м/с, З
ENRU

Vazira Yunusova: “Yoshlik o‘tadi, oxirida yolg‘iz qolasiz”

Madaniyat
42
Vazira Yunusova: “Yoshlik o‘tadi, oxirida yolg‘iz qolasiz”
Aktrisa Vazira Yunusova turmush o‘rtog‘ining vafotidan keyingi hayotiy sinovlari haqida ochiq gapirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U “Ayol qalbi” dasturiga bergan intervyusida 30 yillik turmushi, mehrga to‘la xotiralari va bugungi yolg‘izligi haqida so‘z yuritdi. Aktrisa umr yo‘ldoshi bilan o‘tkazgan yillarini eslar ekan, ularning bir-biriga bo‘lgan mehr-muhabbati va oddiy odatlarini tilga oldi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ular kuniga bir necha marta qo‘ng‘iroqlashib, bir-birining holidan xabar olishgan. “U meni eng ko‘p erkalatgan inson edi”, — deydi Yunusova ko‘z yoshi bilan.

Vazira Yunusova yoshlik yillarida turmush o‘rtog‘ining ruxsati bo‘lmagani tufayli olti yil davomida uyda o‘tirgan. Keyinchalik esa qaynonasining yordamida sahnaga qaytib, o‘z mehnati bilan aktrisalik sohasida o‘rnini topgan.

Ammo uning hayotidagi eng og‘ir sinov umr yo‘ldoshidan ayrilish bo‘lgan. “Yoshlik o‘tadi, oxirida baribir yolg‘iz qolarkansiz.

Bu tuyg‘uni ta’tilda, kech mulohazalarda yanada kuchli his qilasiz”, — deydi u. Aktrisa o‘zining oddiy farroshlikdan taniqli aktrisalik darajasiga yetgan yo‘lini ham esladi.

U mehnatning inson hayotidagi o‘rnini alohida ta’kidladi: “Ustimdan kulganlar bugun farzandlariga meni ibrat qilib ko‘rsatyapti”, — deydi u faxr bilan. Vaynlarda ishtirok etish borasidagi tanqidlarga esa befarq munosabatda: “Men aktrisaman.

Agar rol bo‘lsa, o‘ynayman. Qizlarim ham meni qo‘llab-quvvatlaydi”, — deydi Yunusova.

Bugungi kunda aktrisa turmush o‘rtog‘ining xotirasini asrab-avaylab, yolg‘izlikni yengishga intilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Halit Ergench va Maryam Uzerli yangi filmda birga suratga tushadi
Halit Ergench va Maryam Uzerli yangi filmda birga suratga tushadi
Dunyoga mashhur Muhtasham yuz yil serialida Sulton Sulaymon va Xurram Sulton obrazlarini mahorat bilan ijro etgan aktyorlar Halit Ergench hamda Maryam Uzerli oradan o'n besh yil o'tib, yangi
MadaniyatKecha, 23:59
Sidni Suini va Merilin Monro qarindosh ekani aniqlandi
Sidni Suini va Merilin Monro qarindosh ekani aniqlandi
Gollivudning mashhur aktrisalari Sidni Suini va afsonaviy Merilin Monro o‘rtasida yaqin qarindoshlik aloqalari borligi aniqlandi. MyHeritage genealogik platformasi
MadaniyatKecha, 23:44
Ahror Qo'shmatovning davolanishi uchun bir kunda ikki milliard so'm yig'ildi
Ahror Qo'shmatovning davolanishi uchun bir kunda ikki milliard so'm yig'ildi
Taniqli teleboshlovchi Ahror Qo‘shmatovning salomatligi yomonlashgani haqidagi xabarlar jamoatchilik o‘rtasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda
Madaniyat23:58, 09-10-2026
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga tashrif buyuradi
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga tashrif buyuradi
Dunyoga mashhur amerikalik bloger MrBeast, ya’ni Jimmi Donaldson o‘zining O‘zbekiston bo‘ylab ijodiy safarini davom ettirishi kutilmoqda. Uning ishchi jamoasi 10-oktabr
Madaniyat23:52, 09-10-2026
Mashhur videobloger MrBeast yangi loyihasini suratga olish uchun Toshkentga keldi
Mashhur videobloger MrBeast yangi loyihasini suratga olish uchun Toshkentga keldi
Dunyo bo‘ylab 520 milliondan ziyod kuzatuvchiga ega bo‘lgan sayyoramizning eng mashhur videoblogeri va tadbirkori MrBeast, ya’ni Jimmi Donaldson tarixiy tashrif bilan O‘zbekiston poytaxti Toshkentga
Madaniyat23:43, 09-10-2026
Parijda Markaziy Osiyo madaniy merosiga bagishlangan xalqaro konferensiya o'tkazildi
Parijda Markaziy Osiyo madaniy merosiga bagishlangan xalqaro konferensiya o'tkazildi
Fransiya poytaxti Parij shahridagi YUNESKO bosh qarorgohida Markaziy Osiyoning boy ilmiy, madaniy va ma’naviy merosiga bag‘ishlangan yuqori darajadagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Bu haqda
Madaniyat23:40, 09-10-2026