ENRU

Hande Erchel 32 yoshini nishonladi

Madaniyat
44
Hande Erchel 32 yoshini nishonladi
Turk seriallari orqali tomoshabinlarning mehrini qozongan mashhur aktrisa va model Hande Erchel o‘zining 32 yoshini nishonladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U 1993-yilning 24-noyabrida tug‘ilgan bo‘lib, bugungi kunda Turkiyaning eng taniqli aktrisalaridan biri hisoblanadi. Hande hozirda Istanbul shahridagi Mimar Sinan Tasviriy San’at Universitetida an’anaviy turk san’ati yo‘nalishida tahsil olmoqda.

U 2012-yilda Ozarbayjonda o‘tkazilgan go‘zallik tanlovida ikkinchi o‘rinni egallab, e’tiborni qozongan. Aktrisaning ommalashuviga sabab bo‘lgan muhim rollardan biri “Guneshin Kizlari” serialidagi Selin Yılmaz obrazi bo‘ldi.

Mazkur serial Kanal D telekanalida namoyish etilgan. 2016-yilda esa Hande “Ashk Laftan Anlamaz” serialida Hayat Uzun rolini ijro etib, tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

Hande Erchel nafaqat aktrisa, balki model sifatida ham faoliyat yuritib, ko‘plab reklama kampaniyalari va mashhur brendlar bilan hamkorlik qilgan. Bugungi kunda u millionlab muxlislar mehrini qozonib, ijodiy faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Halit Ergench va Maryam Uzerli yangi filmda birga suratga tushadi
Halit Ergench va Maryam Uzerli yangi filmda birga suratga tushadi
Dunyoga mashhur Muhtasham yuz yil serialida Sulton Sulaymon va Xurram Sulton obrazlarini mahorat bilan ijro etgan aktyorlar Halit Ergench hamda Maryam Uzerli oradan o'n besh yil o'tib, yangi
MadaniyatKecha, 23:59
Sidni Suini va Merilin Monro qarindosh ekani aniqlandi
Sidni Suini va Merilin Monro qarindosh ekani aniqlandi
Gollivudning mashhur aktrisalari Sidni Suini va afsonaviy Merilin Monro o‘rtasida yaqin qarindoshlik aloqalari borligi aniqlandi. MyHeritage genealogik platformasi
MadaniyatKecha, 23:44
Ahror Qo'shmatovning davolanishi uchun bir kunda ikki milliard so'm yig'ildi
Ahror Qo'shmatovning davolanishi uchun bir kunda ikki milliard so'm yig'ildi
Taniqli teleboshlovchi Ahror Qo‘shmatovning salomatligi yomonlashgani haqidagi xabarlar jamoatchilik o‘rtasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda
Madaniyat23:58, 09-10-2026
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga tashrif buyuradi
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga tashrif buyuradi
Dunyoga mashhur amerikalik bloger MrBeast, ya’ni Jimmi Donaldson o‘zining O‘zbekiston bo‘ylab ijodiy safarini davom ettirishi kutilmoqda. Uning ishchi jamoasi 10-oktabr
Madaniyat23:52, 09-10-2026
Mashhur videobloger MrBeast yangi loyihasini suratga olish uchun Toshkentga keldi
Mashhur videobloger MrBeast yangi loyihasini suratga olish uchun Toshkentga keldi
Dunyo bo‘ylab 520 milliondan ziyod kuzatuvchiga ega bo‘lgan sayyoramizning eng mashhur videoblogeri va tadbirkori MrBeast, ya’ni Jimmi Donaldson tarixiy tashrif bilan O‘zbekiston poytaxti Toshkentga
Madaniyat23:43, 09-10-2026
Parijda Markaziy Osiyo madaniy merosiga bagishlangan xalqaro konferensiya o'tkazildi
Parijda Markaziy Osiyo madaniy merosiga bagishlangan xalqaro konferensiya o'tkazildi
Fransiya poytaxti Parij shahridagi YUNESKO bosh qarorgohida Markaziy Osiyoning boy ilmiy, madaniy va ma’naviy merosiga bag‘ishlangan yuqori darajadagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Bu haqda
Madaniyat23:40, 09-10-2026