ENRU

“Tunnel” seriali: halollik va kurash hikoyasi

Madaniyat
40
“Tunnel” seriali: halollik va kurash hikoyasi
1-dekabr kuni KION onlayn-platformasida “Tunnel” nomli sakkiz qismdan iborat psixologik triller serialining premyerasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Serial rejissori Flyuza Farxshatova bo‘lib, bu loyiha qish mavsumining eng kutilgan asarlaridan biri sifatida baholandi. Serial voqealari insonning ichki kurashi, shaxsiy tanlovlari va sinovlari atrofida kechadi.

Undagi bosh rollarni taniqli aktyorlar Elizaveta Boyarskaya va Sergey Gilev ijro etgan. Asosiy qahramon Svetlana Suvorova ismli halol bojxona xodimi bo‘lib, u tamagirlik va korrupsiyadan yiroq, o‘z tamoyillariga qat’iy amal qilib yashaydi.

Svetlana uzoq yillar davomida Snejnin shahrida, qonun-qoidalarga sodiq holda faoliyat yuritadi. Biroq, uning hayoti kutilmaganda o‘zgaradi.

Finlyandiyalik jinoyatchilar Svetlananing turmush o‘rtog‘ini o‘g‘irlab ketishadi. Uni qaytarish uchun Svetlana o‘z tamoyillarini buzishga va qonunni chetlab o‘tishga majbur bo‘ladi.

Shu tariqa, u hayot-mamot kurashi ichiga kirib boradi. Serialning ssenariysi Nastyа Kuznetsova tomonidan yozilgan.

U ilgari “Chik” seriali muallifi sifatida tanilgan. Bu asar nafaqat ayol kuchi va ichki o‘zgarish haqida, balki insonning o‘zini anglash va haqiqiy erkinlikka erishish yo‘lidagi kurashini aks ettiradi.

Serial qahramoni Svetlana o‘z hayotini qayta ko‘rib chiqishga, ichki kuch topishga va haqiqiy ozodlikni his qilishga muvaffaq bo‘ladi. Serialning prodyuserlari Teymur Jafarov va Maksim Filatovdir.

Birinchi to‘rtta qism 1-dekabr kuni birdaniga namoyish etilgan, qolgan qismlar esa har hafta chorshanba kunlari taqdim etilishi rejalashtirilgan.

O‘xshash yangiliklar

Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
MadaniyatKecha, 15:42
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
MadaniyatKecha, 13:49
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
Ikki marta "Oskar" mukofoti sovrindori, "O'tkir tig'lar" seriali va "Pianinochi" filmi aktyori Edrian Broudi O'zbekistonga tashrif buyurdi. Uning kelishi 21-22-oktabr
Madaniyat22:58, 21-10-2026
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Qozog'istonda giyohvand moddalar kontrabandasida gumonlanib qo'lga olingan rossiyalik reper Navai Bakirovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi.
Madaniyat16:32, 21-10-2026
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan «Ibn Sino» xalqaro mukofotini ta’sis etish rejalashtirilmoqda. Bu qaror 19
Madaniyat21:46, 20-10-2026
Marko Rubio Samarqandda O‘zbekistonning boy madaniy merosi bilan tanishdi
Marko Rubio Samarqandda O‘zbekistonning boy madaniy merosi bilan tanishdi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida Samarqand shahridagi Boqiy shahar tarixiy-etnografik majmuasida maxsus madaniy dastur
Madaniyat23:42, 19-10-2026