Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 9 noyabr
+19°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Alisher Uzoqov Aziz Rametovning hayotini saqlab qoldi

Madaniyat
66
Alisher Uzoqov Aziz Rametovning hayotini saqlab qoldi
Aktyor Aziz Rametov yaqinda “IntervyuUZ” dasturida mehmon bo‘lib, “Zastava” seriali suratga olinayotgan paytda yuz bergan hayot-mamot voqeasini eslab o‘tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Unga ko‘ra, o‘sha kuni aktyor Alisher Uzoqov uning hayotini og‘ir falokatdan saqlab qolgan. Aziz Rametov voqeani quyidagicha hikoya qiladi: “Alisher aka men uchun haqiqiy aka.

Serialda otda chopayotgan paytimiz ot charchadimi, bilmadim, lekin taqasi toshga sirg‘alib ketdi. Bir oyog‘i qiya holatga tushib, ot yiqilib ketmasin deb o‘zimni yon tomonga tashladim va egarni ushlab qoldim.

Shu payt qarasam, oldimizda katta xarsang tosh turgan ekan. Ot toshga urildi, bo‘ynim esa kosasidan chiqib ketdi.

Bir qo‘lim bilan egarni ushlab turdim, boshimni esa yelkamga qo‘ydim.” Uning aytishicha, aynan shu lahzada Alisher Uzoqov vaziyatni ko‘rib, otda chopib kelib yordam bergan: “Alisher aka ‘Aziz, ushla!’ deb otni to‘xtatib qoldilar. Shu payt Mansur aka ham ‘Azizjon ukam!’ deb yugurib keldi.

Alisher aka yig‘lab, Mansur akaga yordam so‘rab murojaat qildilar. Mansur aka darhol ratsiya orqali yordam chaqirdi.” Bundan tashqari, suratga olish guruhida tabiblik ilmini egallagan shaxs ham bo‘lgan.

U bo‘ynim kosasidan chiqqanini aniqlab, bosqichma-bosqich joyiga soldi. Aziz Rametov o‘sha paytda yana nafas ola boshlaganini ta’kidladi.

Aktyor ushbu voqeani eslar ekan, Alisher Uzoqovga hayotini saqlab qolgani uchun chuqur minnatdorchilik bildirdi. Ushbu hikoya tinglovchilarni hayajonga solib, ular orasida katta ta’sir qoldirdi.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026