ENRU

Noyabr oyining eng yaxshi besh koreys seriali

Madaniyat
62
Noyabr oyining eng yaxshi besh koreys seriali
Noyabr oyida koreys seriallari olamida tomoshabinlar uchun qiziqarli va ta’sirli loyihalar taqdim etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu oyda efir yuzini ko‘rgan eng yaxshi beshta doramani saralab, ularning qisqacha mazmunini e’tiboringizga havola qilamiz. **“Qadrli X”** Reyting: 8.5 Shou-biznes olamida yulduz sifatida tanilgan Pek A-jin bolalikdagi og‘ir voqealar ta’sirida ichki dramalarga boy qahramonga aylanadi.

U faqat o‘ziga foyda keltiradigan insonlar bilan muloqotda bo‘ladi. Biroq uning yashirin tomonlarini faqat o‘gay ukasi biladi va uni qutqarish uchun barcha chegaralarni buzishga tayyor bo‘ladi.

Bu serial psixologik to‘qnashuvlarga boy va chuqur syujetli triller sifatida tomoshabinlarni o‘ziga jalb qiladi. **“Karaxt shahar”** Reyting: 8.2 Oddiy kurer Pak Te-jun nohaq qotillikda ayblanib, hayoti ostin-ustun bo‘ladi.

Qamoqdagi og‘ir kunlar, ruhoniyning yordami va o‘tmishi bilan bog‘liq voqealar uni haqiqatni izlashga va o‘zini halok qilganlardan o‘ch olishga undaydi. Bu serial hayot uchun kurash va adolatni izlash haqida hikoya qiladi.

**“Qalbga yaqin”** Reyting: 8.2 Son U-yon o‘zini hech kim sezmaydigan inson deb hisoblasa-da, tasodifiy uchrashuv uning hayotini o‘zgartiradi. U rassomlar guruhi yordamida ijod orqali o‘zini qayta kashf qiladi va bu jarayonda muhabbatni ham topadi.

Serial yorqin, iliq va ilhomlantiruvchi romantik komediya sifatida tanilgan. **“Menga uylan”** Reyting: 7.6 Yu Me-ri to‘y oldidan qallig‘ining xiyonatini bilib qoladi.

Shu paytda u lotereyada uy yutib oladi, ammo mukofotni olish uchun oilali bo‘lishi kerak. U tasodifan Kim U-ju ismli yigit bilan soxta nikoh qurishga majbur bo‘ladi.

Bu serial yengil syujet va hazil-mutoyibaga boy klassik romantik komediya hisoblanadi. **“Tayfun” kompaniyasi rahbari** Reyting: 8.1 1997 yilda iqtisodiy inqiroz davrida Kan Te-pun otasining vafotidan so‘ng “Tayfun” kompaniyasi boshqaruvini o‘z zimmasiga oladi.

Og‘ir qarorlar, xodimlar taqdiri va murakkab vaziyatlar uni haqiqiy rahbarga aylantiradi. Bu serial tarixiy voqealar asosida yaratilgan va tomoshabinlarga ilhom bag‘ishlaydi.

Ushbu doramalar noyabr oyining eng yaxshi asarlari sifatida muxlislar qalbidan chuqur joy oldi.

O‘xshash yangiliklar

Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
MadaniyatKecha, 15:42
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
MadaniyatKecha, 13:49
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
Ikki marta "Oskar" mukofoti sovrindori, "O'tkir tig'lar" seriali va "Pianinochi" filmi aktyori Edrian Broudi O'zbekistonga tashrif buyurdi. Uning kelishi 21-22-oktabr
Madaniyat22:58, 21-10-2026
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Qozog'istonda giyohvand moddalar kontrabandasida gumonlanib qo'lga olingan rossiyalik reper Navai Bakirovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi.
Madaniyat16:32, 21-10-2026
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan «Ibn Sino» xalqaro mukofotini ta’sis etish rejalashtirilmoqda. Bu qaror 19
Madaniyat21:46, 20-10-2026
Marko Rubio Samarqandda O‘zbekistonning boy madaniy merosi bilan tanishdi
Marko Rubio Samarqandda O‘zbekistonning boy madaniy merosi bilan tanishdi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida Samarqand shahridagi Boqiy shahar tarixiy-etnografik majmuasida maxsus madaniy dastur
Madaniyat23:42, 19-10-2026