Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 19 noyabr
+13°
to‘liq bulutli shamol 2 m/s, shimoli-sharq
ENRU

Leonardo Di Kaprio 2025 yilning eng yaxshi aktyori

Madaniyat
79
Leonardo Di Kaprio 2025 yilning eng yaxshi aktyori
Time jurnali 2025 yilning eng yaxshi aktyori sifatida Leonardo Di Kaprioni e’tirof etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Nashrda ta’kidlanishicha, aktyorning faoliyati yuqori darajada muvaffaqiyatli bo‘lib, bu ko‘plab uning tengdoshlari uchun havas qilsa arziydigan natija hisoblanadi. Di Kaprio Time jurnaliga bergan intervyusida yaqinda suratga olingan "Janglar jangi" filmi haqida so‘z yuritib, ushbu asar bugungi murakkab zamonda tomoshabinlar orasida katta qiziqish uyg‘otayotganini qayd etdi.

Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, film insonlar va ularning qo‘rquvlari haqida hikoya qiladi. "Bugungi dunyo qo‘rquvga to‘la.

Insonlar o‘z e’tiqodlarini ochiq aytishdan yoki fikrlarini himoya qilishdan cho‘chishadi", — dedi u. Time jurnalining fikricha, striming platformalari davrida Di Kaprio o‘z rollarini ehtiyotkorlik bilan tanlab, prodyuserlik faoliyati orqali o‘zining yulduz maqomini yanada mustahkamlashga muvaffaq bo‘lgan.

U endilikda faqat romantik rollar bilan cheklanmay, turli janrlarda o‘zini sinab ko‘rib, universallikni namoyon qilmoqda. Bugungi kunda Leonardo Di Kaprio 51 yoshda.

U 50 dan ortiq filmlarda ishtirok etgan va "Oskar", "Oltin globus", BAFTA, "Kumush ayiq" kabi nufuzli mukofotlarni qo‘lga kiritgan. Aktyor o‘zining iste’dodi va mehnatkashligi bilan kinodagi o‘rnini mustahkamlashda davom etmoqda.

Madaniyat bo‘limi muxbiri

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026