ENRU

Jennifer Lourens va Josh Xatcherston yana birga filmlarda.

Madaniyat
73
Jennifer Lourens va Josh Xatcherston yana birga filmlarda.
Aktyorlar Jennifer Lourens va Josh Xatcherston yana "Ocharchilik o‘yinlari: O‘rim tongi" filmi orqali tomoshabinlar e’tiboriga havola qilinadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

The Hollywood Reporter’ning ma’lumotiga ko‘ra, ularning filmda ishtirokiga oid batafsil ma’lumotlar hozircha oshkor qilinmagan. Yangi film syujeti Heymitch Abernetining hayoti va voqealariga asoslangan.

Heymitch "Ocharchilik o‘yinlari"ning yagona tirik qolgan g‘olibi sifatida tanilgan. Filmning asosiy rollarini Jozef Zada, Reyf Faynz, Jessi Plemons, El Fanning va Makenna Greys ijro etadi.

Jennifer Lourens va Josh Xatcherston ushbu franchayzda oxirgi marta 2015 yilda "Masxara qushi. 2-qism" filmida ishtirok etgan edi.

"Ocharchilik o‘yinlari" film seriyalari Katniss Everdin ismli qahramon haqida hikoya qiladi. Katniss singlisi o‘rniga o‘z ixtiyori bilan xavfli o‘yinlarda qatnashadi va g‘oliblikka erishadi.

U totalitar Kapitoliy rejimiga qarshi kurash ramziga aylanadi. Mamlakatda qo‘zg‘olon boshlanib, Katniss ozodlik uchun kurashning markaziy qahramoniga aylanadi.

O‘xshash yangiliklar

Halit Ergench va Maryam Uzerli yangi filmda birga suratga tushadi
Halit Ergench va Maryam Uzerli yangi filmda birga suratga tushadi
Dunyoga mashhur Muhtasham yuz yil serialida Sulton Sulaymon va Xurram Sulton obrazlarini mahorat bilan ijro etgan aktyorlar Halit Ergench hamda Maryam Uzerli oradan o'n besh yil o'tib, yangi
MadaniyatKecha, 23:59
Sidni Suini va Merilin Monro qarindosh ekani aniqlandi
Sidni Suini va Merilin Monro qarindosh ekani aniqlandi
Gollivudning mashhur aktrisalari Sidni Suini va afsonaviy Merilin Monro o‘rtasida yaqin qarindoshlik aloqalari borligi aniqlandi. MyHeritage genealogik platformasi
MadaniyatKecha, 23:44
Ahror Qo'shmatovning davolanishi uchun bir kunda ikki milliard so'm yig'ildi
Ahror Qo'shmatovning davolanishi uchun bir kunda ikki milliard so'm yig'ildi
Taniqli teleboshlovchi Ahror Qo‘shmatovning salomatligi yomonlashgani haqidagi xabarlar jamoatchilik o‘rtasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda
Madaniyat23:58, 09-10-2026
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga tashrif buyuradi
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga tashrif buyuradi
Dunyoga mashhur amerikalik bloger MrBeast, ya’ni Jimmi Donaldson o‘zining O‘zbekiston bo‘ylab ijodiy safarini davom ettirishi kutilmoqda. Uning ishchi jamoasi 10-oktabr
Madaniyat23:52, 09-10-2026
Mashhur videobloger MrBeast yangi loyihasini suratga olish uchun Toshkentga keldi
Mashhur videobloger MrBeast yangi loyihasini suratga olish uchun Toshkentga keldi
Dunyo bo‘ylab 520 milliondan ziyod kuzatuvchiga ega bo‘lgan sayyoramizning eng mashhur videoblogeri va tadbirkori MrBeast, ya’ni Jimmi Donaldson tarixiy tashrif bilan O‘zbekiston poytaxti Toshkentga
Madaniyat23:43, 09-10-2026
Parijda Markaziy Osiyo madaniy merosiga bagishlangan xalqaro konferensiya o'tkazildi
Parijda Markaziy Osiyo madaniy merosiga bagishlangan xalqaro konferensiya o'tkazildi
Fransiya poytaxti Parij shahridagi YUNESKO bosh qarorgohida Markaziy Osiyoning boy ilmiy, madaniy va ma’naviy merosiga bag‘ishlangan yuqori darajadagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Bu haqda
Madaniyat23:40, 09-10-2026