Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 10 noyabr
+16°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, ЮЗ
ENRU

Krishtianu Ronaldu “Forsaj 11” filmida rol o‘ynaydi

Madaniyat
63
Krishtianu Ronaldu “Forsaj 11” filmida rol o‘ynaydi
Amerikalik taniqli aktyor va prodyuser Vin Dizel portugaliyalik mashhur futbolchi Krishtianu Ronalduga “Forsaj” kinofranshizasida maxsus rol yozilganini ma’lum qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda u o‘zining Instagram sahifasida xabar berdi. Dizelning so‘zlariga ko‘ra, franshizaning 11-qismi 2027 yil aprel oyida premera qilinadi va bu qism seriyaning yakuni bo‘lishi kutilmoqda.

Vin Dizel o‘z sahifasida Krishtianu Ronaldu bilan birga tushgan suratni e’lon qilib, “Hamma Ronaldu filmda rol o‘ynashini so‘ragan edi. Biz unga maxsus rol yozib berdik”, deya qo‘shimcha qildi.

Bu yangilik futbol yulduzi muxlislari orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Krishtianu Ronaldu o‘z faoliyati davomida besh marta “Oltin to‘p” sohibi bo‘lgan, besh marta Chempionlar Ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan va Yevropa chempionligini nishonlagan.

Shuningdek, u jahon futbolida rasmiy o‘yinlarda eng ko‘p gol urgan futbolchi sifatida tan olingan. Hozirda Ronaldu Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubida faoliyat yuritmoqda.

Bundan tashqari, Ronaldu aralash yakkakurashlar bo‘yicha WOW FC kompaniyasining hammualliflaridan biri sifatida ham faoliyat olib bormoqda. Endilikda esa u kino olamida ham o‘z iste’dodini namoyish etishi mumkin.

Bu futbol yulduzining turli sohalardagi muvaffaqiyatlari qatoriga yana bir yangi sahifa qo‘shilishi ehtimolini bildiradi.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026