Bugun
«Behruz Karimov» Lugano bilan debyutda 7,0 ball oldi
+18°
ясно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Jeyms Kemeron boyligi 1 milliard dollardan oshdi

Madaniyat
36
Jeyms Kemeron boyligi 1 milliard dollardan oshdi
Kanadalik taniqli rejissyor va prodyuser Jeyms Kemeronning boyligi 1 milliard AQSH dollaridan oshgani haqida Forbes nashri xabar berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu moliyaviy yutuqqa u tomonidan suratga olingan "Titanik" va "Avatar" kabi kassabop filmlar sabab bo‘lgan. Jeyms Kemeron rejissyor sifatida 1980-yillardan buyon faoliyat yuritmoqda.

Uning ishtirokida suratga olingan filmlar umumiy hisobda 9 milliard dollar daromad keltirgan. Ushbu daromaddan Kemeron olgan ulush uning shaxsiy boyligining asosiy qismini tashkil etadi.

Uning eng muvaffaqiyatli loyihalari qatoriga "Avatar", "Titanik", "Terminator" va "Begonalar" filmlari kiradi. Qizig‘i shundaki, Kemeron o‘zini milliarder deb hisoblamaydi.

Jurnalist Mettyu Belloniga bergan intervyusida u: “Milliarder bo‘lishni xohlagan bo‘lardim, lekin bunday boylikka erishish uchun ma’lum shartnomalar qilish kerak, men esa bunday bitimlarni imzolamaganman”, – deya ta’kidlagan. Yaqinda chiqishi kutilayotgan “Avatar: Alanga va kul” filmi ham Kemeronning boyligini yanada oshirishi mumkin.

Forbes hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu film unga soliqlar va yig‘imlardan avval kamida 200 million dollar daromad keltirishi prognoz qilinmoqda. Jeyms Kemeronning kino sohasiga kirish yo‘li oddiy bo‘lmagan.

U dastlab yuk mashinasi haydovchisi bo‘lib ishlagan, keyinchalik esa New World Pictures kompaniyasida yordamchi bo‘lib, haftasiga 175 dollar maosh olgan. Uning rejissyor sifatidagi birinchi ishi “Piranya 2” (1981) filmi bo‘lsa-da, bu loyiha muvaffaqiyatsizlikka uchragan.

Ammo Kemeronning haqiqiy muvaffaqiyati 1984-yilda suratga olingan “Terminator” filmi bilan boshlandi. Atigi 6,4 million dollarlik byudjet bilan suratga olingan ushbu film 78 million dollar daromad keltirgan va franshiza umumiy hisobda 2 milliard dollar ishlab topgan.

Kino olamida Kemerondan tashqari, Jorj Lukas, Stiven Spilberg va Piter Jekson kabi boshqa milliarder rejissyorlar ham mavjud. Ushbu shaxslar o‘z filmlari orqali nafaqat katta daromad, balki butun dunyo miqyosida shuhrat qozongan.

O‘xshash yangiliklar

Istanbuldagi suv toshqinida qolgan mashhur san'atkorlar qutqarildi
Istanbuldagi suv toshqinida qolgan mashhur san'atkorlar qutqarildi
Turkiyaning Istanbul shahrida yuz bergan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida yuzaga kelgan suv toshqini mashhur san’atkorlar Murat Boz va Demet O‘zdemirning hayotini xavf ostida qoldirdi. Bu haqda
MadaniyatKecha, 15:31
Nodirbek Abdusattorov Javohir Sindarovni dunyoning eng kuchli shaxmatchilari qatoriga qo'shdi
Nodirbek Abdusattorov Javohir Sindarovni dunyoning eng kuchli shaxmatchilari qatoriga qo'shdi
O‘zbekistonlik taniqli grossmeyster Nodirbek Abdusattorov o‘z hamkasbi va hamyurti Javohir Sindarovning shaxmatdagi ulkan salohiyatini yuqori baholab, uni dunyo shaxmati tarixidagi eng iste’dodli
Madaniyat23:34, 12-10-2026
Shohrux Xonning O‘zbekistonga tashrifi yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda
Shohrux Xonning O‘zbekistonga tashrifi yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda
Bollivud yulduzi Shohrux Xonning O‘zbekistonga tashrifi bilan bog‘liq xabarlar ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida keng muhokama qilinmoqda. Hind kinosi
Madaniyat23:58, 11-10-2026
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekiston haqida maxsus rukn ochdi
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekiston haqida maxsus rukn ochdi
Dunyoning eng mashhur videoblogeri va kontent yaratuvchisi MrBeast, ya’ni Jimmi Donaldson O‘zbekistonga qilgan tashrifi xotiralarini o‘zining Instagram sahifasida alohida bo‘limga joylashtirdi. Bu
Madaniyat23:42, 11-10-2026
Halit Ergench va Maryam Uzerli yangi filmda birga suratga tushadi
Halit Ergench va Maryam Uzerli yangi filmda birga suratga tushadi
Dunyoga mashhur Muhtasham yuz yil serialida Sulton Sulaymon va Xurram Sulton obrazlarini mahorat bilan ijro etgan aktyorlar Halit Ergench hamda Maryam Uzerli oradan o'n besh yil o'tib, yangi
Madaniyat23:59, 10-10-2026
Sidni Suini va Merilin Monro qarindosh ekani aniqlandi
Sidni Suini va Merilin Monro qarindosh ekani aniqlandi
Gollivudning mashhur aktrisalari Sidni Suini va afsonaviy Merilin Monro o‘rtasida yaqin qarindoshlik aloqalari borligi aniqlandi. MyHeritage genealogik platformasi
Madaniyat23:44, 10-10-2026