ENRU

Shahzoda Muhammedova: Ona suti haqidagi qarashlar noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin

Madaniyat
66
Shahzoda Muhammedova: Ona suti haqidagi qarashlar noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin
Aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedova jurnalist Yulduz Mavliyanova bilan o‘tkazilgan suhbatda shaxsiy hayoti va farzand tarbiyasiga oid fikrlarini o‘rtoqlashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Suhbat davomida unga qizi Milanani ishlarga va suratga olish jarayonlariga olib borishi sababiga oid savol berildi. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, qizi ona suti bilan oziqlanishni tanlagan va u Milanani 3,5 yoshgacha emizgan.

Shu sababli qizi bilan ishlarga ham birga borishga majbur bo‘lgan. Hatto ba’zi paytlarda mashina boshqarayotib, bir qo‘li bilan qizini emizganini ham aytib o‘tdi.

Shahzoda bu davrni juda og‘ir kechganini ta’kidladi. U farzandlarini parvarishlashdagi tajribalari o‘rtasidagi farqlar haqida ham so‘z yuritdi.

Aktrisaning aytishicha, qizi ona suti bilan oziqlangani holda tez-tez kasal bo‘lgan va pediatrlarga murojaat qilishlariga to‘g‘ri kelgan. Aksincha, o‘g‘li ona suti o‘rniga smes bilan oziqlangan bo‘lsa-da, sog‘lom va kam kasal bo‘lgan.

Shahzoda Muhammedova jamiyatda keng tarqalgan "ona suti bilan oziqlangan bola sog‘lom bo‘ladi" degan fikrni o‘z tajribasi asosida shubha ostiga oldi. Unga ko‘ra, bu holat har doim ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi.

Shu tariqa, aktrisa ona suti haqidagi umumiy qarashlarga nisbatan o‘zining shaxsiy kuzatuvlarini bildirdi.

O‘xshash yangiliklar

Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
MadaniyatKecha, 15:42
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
MadaniyatKecha, 13:49
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
Ikki marta "Oskar" mukofoti sovrindori, "O'tkir tig'lar" seriali va "Pianinochi" filmi aktyori Edrian Broudi O'zbekistonga tashrif buyurdi. Uning kelishi 21-22-oktabr
Madaniyat22:58, 21-10-2026
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Qozog'istonda giyohvand moddalar kontrabandasida gumonlanib qo'lga olingan rossiyalik reper Navai Bakirovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi.
Madaniyat16:32, 21-10-2026
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan «Ibn Sino» xalqaro mukofotini ta’sis etish rejalashtirilmoqda. Bu qaror 19
Madaniyat21:46, 20-10-2026
Marko Rubio Samarqandda O‘zbekistonning boy madaniy merosi bilan tanishdi
Marko Rubio Samarqandda O‘zbekistonning boy madaniy merosi bilan tanishdi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida Samarqand shahridagi Boqiy shahar tarixiy-etnografik majmuasida maxsus madaniy dastur
Madaniyat23:42, 19-10-2026