Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

“Ummon” guruhi 10 yillik tanaffusdan so‘ng qaytdi

Madaniyat
101
“Ummon” guruhi 10 yillik tanaffusdan so‘ng qaytdi
2010-yillarda millionlab yuraklarga yo‘l topgan “Ummon” guruhi 10 yillik tanaffusdan so‘ng yana ijodiy faoliyatini davom ettirishga qaror qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu xabar Iticket.uz’ning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qilindi. Guruh a’zolari o‘z murojaatlarida muxlislariga minnatdorlik izhor etib, quyidagi so‘zlarni bildirishdi: “Biz siz, muxlislarimiz uchun qaytdik va ijod qilishni boshladik.

10 yillik tanaffusga qaramay, hali ham bizni unutmaganingiz uchun barchangizga chuqur minnatdorlik bildiramiz. Kechagi uchrashuvda birga qo‘shiqlar kuyladik, o‘tmish xotiralarini esladik.

Bu his-tuyg‘ularni so‘z bilan ifodalash qiyin. Tez orada Toshkentda siz bilan uchrashamiz.” Mazkur yangilik muxlislar orasida katta qiziqish va quvonch uyg‘otdi.

“Ummon” guruhi nafaqat musiqiy jamoa, balki butun bir avlodning xotiralari, yoshlik va bolalik davriga bog‘liq iliq hissiyotlar ramzi hisoblanadi. Guruhning Toshkentdagi ilk katta konserti Humo Arenada tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Hozircha aniq sana e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, konsert haqidagi e’longa “Sog‘inganim mani” qo‘shig‘ining ulanishi muxlislar uchun ramziy ahamiyat kasb etdi. Bu qaytish ko‘plab yuraklar uchun kutilgan va quvonchli yangilik bo‘ldi.

Madaniyat bo‘limi muxbiri

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026