Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 19 noyabr
+13°
to‘liq bulutli shamol 2 m/s, shimoli-sharq
ENRU

«Million» jamoasi qanday shakllangani ma’lum qilindi

Madaniyat
93
«Million» jamoasi qanday shakllangani ma’lum qilindi
«Million» jamoasi qanday tashkil topgani va uning nomi qanday tanlangani haqida Ahmad Temurov «IntervyuTV»ga bergan suhbatida qiziqarli ma’lumotlarni o‘rtoqlashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Unga ko‘ra, jamoaning shakllanishi oddiy choyxonada boshlangan. Bir guruh do‘stlar yangi jamoa tuzish haqida o‘ylab, unga munosib nom izlashgan.

Turli takliflar bildirilgan va bir nechta nomlar muhokama qilingan. Ahmad Temurovning so‘zlariga ko‘ra, muhokama davomida uchta nom asosiy variant sifatida ko‘rib chiqilgan: «Bravo», «Million» va tarixiy mazmunga ega yana bir nom.

Uchinchi nomning aniq shakli esda qolmagan, ammo ehtimol «Afrosiyob»ga o‘xshagan bo‘lishi mumkin. Oxir-oqibat, «Million» nomini Mirkomil aka taklif qilgani va bu nom ko‘pchilikka ma’qul bo‘lgani aytiladi.

Shu tariqa, jamoa «Million» nomi bilan ijodiy faoliyatini boshlagan. Ahmad Temurov jamoaning ilk konsertlari haqida ham so‘zlab berdi.

Unga ko‘ra, birinchi konsert juda muvaffaqiyatli o‘tgan. Dastlabki chiqishlar ikki kun emas, balki uch yoki to‘rt kun davom etgan.

Shuningdek, Davron aka «Bravo» nomini ma’qul ko‘rgani sababli kompaniyaga «Bravo Event Management» deb nom berilgan. Shu tarzda «Million» jamoasi shakllanib, sahnada ijod qilishni boshlagan.

Keyinchalik ularning ijodiy faoliyati katta muvaffaqiyatlarga erishgan.
Madaniyat bo‘limi muxbiri

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026