ENRU

Leonardo Di Kaprio “Titanik”ni hech qachon ko‘rmaganini aytdi

Madaniyat
45
Leonardo Di Kaprio “Titanik”ni hech qachon ko‘rmaganini aytdi
Amerikalik taniqli aktyor Leonardo Di Kaprio yaqinda Jennifer Lourens olib boradigan “Actors on Actors” shousida ishtirok etdi va kutilmagan e’tirof bilan barchani hayratga soldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U o‘zining mashhur filmlari, jumladan, dunyoga tanilgan “Titanik” kartinasini ham hech qachon tomosha qilmaganini ma’lum qildi. Suhbat davomida Lourens Di Kapriodan kelajakda qaysi rejissyorlar bilan ishlashni xohlashini so‘radi.

Aktyor yaqinda Pol Tomas Anderson bilan birgalikda ishlaganini va bu hamkorlik uzoq muddat davom etishiga umid qilayotganini bildirdi. Shuningdek, Di Kaprio vaqtida Andersonning “Boogie Nights” filmida rol o‘ynashdan voz kechganini esladi.

Sababi, ushbu filmning suratga olish ishlari “Titanik” bilan bir vaqtda bo‘lib o‘tgan edi. Leonardo Di Kaprio hozir aniq bir rejissyorni “orzu rejissyor” sifatida ajratib ko‘rsatmasligini aytdi.

Biroq u Damien Shazell va Maykl Mann kabi rejissyorlarni yuqori baholadi. “Damien juda iste’dodli, Maykl Mann esa doimo yuqori saviyada ishlaydi”, — dedi u.

Suhbatning eng diqqatga sazovor qismi “Titanik” filmiga oid savollar bilan davom etdi. Lourens aktyordan 1997-yilda suratga olingan ushbu filmni hech bo‘lmasa keyinchalik ko‘rgan-ko‘rmaganini so‘radi.

Leonardo Di Kaprio qisqa javob berdi: “Yo‘q. Men uni umuman ko‘rmaganman.” Shuningdek, u o‘zi ishtirok etgan filmlarni odatda tomosha qilmaslik odati borligini qo‘shimcha qildi.

Jennifer Lourens ham ba’zan o‘z filmlarini ko‘rmasligini tan oldi, ammo “Titanik” kabi afsonaviy kartinani baribir ko‘rgan bo‘lardim, deya hazilomuz fikr bildirdi.

O‘xshash yangiliklar

Halit Ergench va Maryam Uzerli yangi filmda birga suratga tushadi
Halit Ergench va Maryam Uzerli yangi filmda birga suratga tushadi
Dunyoga mashhur Muhtasham yuz yil serialida Sulton Sulaymon va Xurram Sulton obrazlarini mahorat bilan ijro etgan aktyorlar Halit Ergench hamda Maryam Uzerli oradan o'n besh yil o'tib, yangi
MadaniyatKecha, 23:59
Sidni Suini va Merilin Monro qarindosh ekani aniqlandi
Sidni Suini va Merilin Monro qarindosh ekani aniqlandi
Gollivudning mashhur aktrisalari Sidni Suini va afsonaviy Merilin Monro o‘rtasida yaqin qarindoshlik aloqalari borligi aniqlandi. MyHeritage genealogik platformasi
MadaniyatKecha, 23:44
Ahror Qo'shmatovning davolanishi uchun bir kunda ikki milliard so'm yig'ildi
Ahror Qo'shmatovning davolanishi uchun bir kunda ikki milliard so'm yig'ildi
Taniqli teleboshlovchi Ahror Qo‘shmatovning salomatligi yomonlashgani haqidagi xabarlar jamoatchilik o‘rtasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda
Madaniyat23:58, 09-10-2026
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga tashrif buyuradi
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga tashrif buyuradi
Dunyoga mashhur amerikalik bloger MrBeast, ya’ni Jimmi Donaldson o‘zining O‘zbekiston bo‘ylab ijodiy safarini davom ettirishi kutilmoqda. Uning ishchi jamoasi 10-oktabr
Madaniyat23:52, 09-10-2026
Mashhur videobloger MrBeast yangi loyihasini suratga olish uchun Toshkentga keldi
Mashhur videobloger MrBeast yangi loyihasini suratga olish uchun Toshkentga keldi
Dunyo bo‘ylab 520 milliondan ziyod kuzatuvchiga ega bo‘lgan sayyoramizning eng mashhur videoblogeri va tadbirkori MrBeast, ya’ni Jimmi Donaldson tarixiy tashrif bilan O‘zbekiston poytaxti Toshkentga
Madaniyat23:43, 09-10-2026
Parijda Markaziy Osiyo madaniy merosiga bagishlangan xalqaro konferensiya o'tkazildi
Parijda Markaziy Osiyo madaniy merosiga bagishlangan xalqaro konferensiya o'tkazildi
Fransiya poytaxti Parij shahridagi YUNESKO bosh qarorgohida Markaziy Osiyoning boy ilmiy, madaniy va ma’naviy merosiga bag‘ishlangan yuqori darajadagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Bu haqda
Madaniyat23:40, 09-10-2026