Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 19 noyabr
+13°
to‘liq bulutli shamol 2 m/s, shimoli-sharq
ENRU

Oliy sud Larisa Dolinaning kvartira bitimini bekor qildi

Madaniyat
77
Oliy sud Larisa Dolinaning kvartira bitimini bekor qildi
Oliy sud xonanda Larisa Dolinaning o‘z kvartirasini ruhiy holatining o‘zgarishi sababli sotganini aniqladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Sud qarorida qayd etilishicha, Dolina firibgarlar bilan muloqot qilishdan avval ruhiy kasallikdan aziyat chekmagan. Biroq, firibgarlarning ta’siri ostida bo‘lgan va ma’lum shaxsiy xususiyatlari tufayli ruhiy holatida o‘zgarishlar yuz bergan.

Ekspertiza xulosasida jabrlanuvchining psixologik xususiyatlari, jumladan, uning yosh guruhi, xavfsizlik qadriyatlari va fikrlash tarzi firibgarlar ta’siriga tushishiga sabab bo‘lgani ta’kidlangan. Shunga qaramay, Oliy sud bunday holatni bitimni bekor qilish uchun yetarli asos deb topmadi.

2024 yil yozida Larisa Dolina qiymati 138 million rubl bo‘lgan kvartirasini 34 yoshli yolg‘iz ona Polina Luryega sotgan. Biroq, bu bitim firibgarlar ta’sirida amalga oshirilgani aniqlangach, 2025 yil mart oyida sud bitimni bekor qildi va mulkni Dolinaga qaytarishga qaror qildi.

Natijada xaridor Polina Lurye nafaqat sarflagan pulidan, balki kvartirasidan ham mahrum bo‘ldi. Luryening qarshi da’vosi sud tomonidan rad etildi.

Mazkur voqea jamoatchilik orasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Dolinani tanqid qilishdi va uning konsertlarini boykot qilishga chaqirishdi.

Bu voqeadan so‘ng "Dolina effekti" atamasi paydo bo‘lib, sotuvchi o‘z harakatlaridan bexabar yoki layoqatsiz deb topilgan holatlar uchun ishlatila boshlandi. Shu kabi holatlar bo‘yicha Rossiya sudlari ilgari 3000 dan ortiq bitimlarni bekor qilgani ma’lum qilingan.

Madaniyat bo‘limi muxbiri

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026