Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 19 noyabr
+13°
to‘liq bulutli shamol 2 m/s, shimoli-sharq
ENRU

“Juda g‘alati ishlar” finaliga ishoralar qilindi

Madaniyat
34
“Juda g‘alati ishlar” finaliga ishoralar qilindi
“Juda g‘alati ishlar” seriali ijodkorlari, aka-uka Dafferlar, Jimmi Fellon shousida serialning yakunlanishiga ishora qilishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ular Funko Pop o‘yinchoqlari yordamida mini sahna ko‘rinishini namoyish etishdi. Sahna davomida ular o‘yinchoqlarni turli holatlarda joylashtirib, serialdagi voqealarga ishoralar qilishdi.

Masalan, Uillni Genrining ustiga, Veknani esa Uillning ustiga qo‘ydilar. Stivning haykalchasini stol chetiga qo‘yib, keyin uni polga itarib yuborishdi.

Bu sahna ayrim muxlislar orasida Stivning finaldagi o‘limiga ishora sifatida qabul qilindi. Boshqa tomondan, ba’zi tomoshabinlar buni mashhur fan nazariyalariga kinoya deb hisoblashdi.

Serialning beshinchi mavsumi oxirgi mavsum bo‘lib, uning birinchi qismi 26-noyabr kuni namoyish etildi. Ikkinchi qismi 25-dekabr kuni chiqadi, final epizodi esa 31-dekabrda efirga uzatiladi.

Aka-uka Dafferlarning aytishicha, yakuniy qismlarni suratga olish uchun bir yil vaqt sarflangan va jami 650 soatdan ortiq material yozib olingan. Beshinchi mavsum serialning eng keng qamrovli mavsumi bo‘lib, undagi har bir epizod to‘laqonli blokbaster sifatida yaratilgan.

Shuningdek, ijodkorlar serial tugaganidan keyin ham loyiha davom etishini, Netflix platformasi bilan spin-offlar ustida ishlashni rejalashtirishayotganini ma’lum qilishdi.
Madaniyat bo‘limi muxbiri

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026