Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Munisa Rizayevaning bolalik orzusi sahnada ushaldi

Madaniyat
30
Munisa Rizayevaning bolalik orzusi sahnada ushaldi
“Setora” guruhining so‘nggi konsertida kutilmagan va ta’sirli voqea yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mashhur xonanda Munisa Rizayeva sahnada “Setora” guruhi bilan birga duet ijro etdi. Bu lahza tomoshabinlar uchun ham, Munisa uchun ham unutilmas bo‘ldi.

Munisa Rizayevaning so‘zlariga ko‘ra, bu taklif unga prodyuser Davron Kabulov tomonidan berilgan. “Davron aka menga: ‘Munisaxon, “Setora” guruhi bilan duet aytsangiz bo‘ladimi?’ deb murojaat qildi.

Men esa darhol rozilik berdim. Axir bu mening bolalikdagi eng katta orzularimdan biri edi”, — deydi xonanda.

Munisa bolaligidan “Setora” guruhining ashaddiy muxlisi bo‘lganini aytdi. U yoshligida xonasining devorlari guruh a’zolarining suratlari va plakatlari bilan bezatilganini esladi.

Xonanda ayniqsa guruh a’zosi Kamila bilan o‘zini o‘xshatib kelganini qo‘shimcha qildi. “Kamilani juda yaxshi ko‘rardim, chehralarimiz o‘xshash edi.

Bugun esa bolalikdagi orzum sahnada amalga oshdi”, — dedi u. Munisa Rizayeva suhbat davomida inson orzu qilishi va ularga ishonishi kerakligini ta’kidladi.

“Orzular amalga oshadi, faqat ularga chin dildan ishonish kerak. Bejizga ‘yaxshi niyat — yarim davlat’ deyishmaydi.

Men ‘Setora’ guruhini bolaligimdan yaxshi ko‘rganman, mana, orzum ushaldi”, — deya o‘z fikrlarini yakunladi xonanda.
Madaniyat bo‘limi muxbiri

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026