Bugun
Marat Mavlonov Taekvondo WT kumush medalga erishdi
+24°
пасмурно ветер 3 м/с, ЮВ
ENRU

“Setora” konsertida Layloning tryuki hayratga soldi

Madaniyat
44
“Setora” konsertida Layloning tryuki hayratga soldi
Afsonaviy “Setora” guruhi 18–21-dekabr kunlari Toshkentdagi “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida katta konsert dasturini taqdim etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu musiqiy tadbir bir necha kun davomida o‘tkazilib, retro taronalar, jonli ijrolar va kutilmagan sahna chiqishlari bilan tomoshabinlar e’tiborini tortdi. Konsertning eng ko‘p muhokama qilingan qismi guruh a’zosi Layloning sahnadagi xavfli tryuki bo‘ldi.

Ushbu chiqish ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Guruh a’zosi Feruza Latipova Layloning bu harakatiga o‘z munosabatini bildirib, uning tayyorgarlik jarayoni haqida ma’lumot berdi.

Feruza Latipovaning ta’kidlashicha, Laylo ushbu tryukni bajarish uchun oldindan jiddiy mashg‘ulotlar olib borgan. Xonanda muntazam sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanib, gimnastikadan saboq olgan va sahna uchun zarur bo‘lgan jismoniy hamda texnik tayyorgarlikni oshirgan.

Feruza Latipova Layloning bu chiqishini O‘zbekiston estrada sahnasida noyob hodisa sifatida baholadi. “Estradamizda homilador holatda sahnaga chiqqan birinchi xonanda men bo‘lganman.

Laylo esa sahnada tryuk bajargan birinchi xonanda bo‘ldi. Bu juda murakkab ish.

Buning uchun maxsus libos, jismoniy tayyorgarlik va, albatta, jasorat talab etiladi”, — deydi Feruza Latipova.

O‘xshash yangiliklar

«Forsaj» filmi asosida yangi maxsus serial suratga olinadi
«Forsaj» filmi asosida yangi maxsus serial suratga olinadi
Kinematografiya tarixidagi eng muvaffaqiyatli va serdaromad loyihalardan biri hisoblangan Forsaj turkumi endi striming platformalari orqali tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi. Bu haqda One.uz
MadaniyatKecha, 23:43
Jim Kerri 64 yoshida uchinchi bor rasman oila qurdi
Jim Kerri 64 yoshida uchinchi bor rasman oila qurdi
Gollivudning dunyoga mashhur yulduzi, taniqli komik aktyor Jim Kerri 64 yoshida uchinchi bor rasman oila qurdi. U o‘zidan 32 yosh kichik bo‘lgan rassom va aktrisa Min
MadaniyatKecha, 01:56
Italiyalik mashhur aktrisa Monika Belluchchi oltmish yoshni qarshi oldi
Italiyalik mashhur aktrisa Monika Belluchchi oltmish yoshni qarshi oldi
Jahon kinosining yorqin vakili, "Malena", "Matritsa" va "007: Spektr" kabi mashhur filmlardagi betakror rollari bilan tanilgan italiyalik aktrisa Monika Belluchchi 30-sentabr kuni 60 yoshini qarshi
Madaniyat23:50, 01-10-2026
Shakira Bishkekda o'zining ilk katta konsert dasturini taqdim etadi
Shakira Bishkekda o'zining ilk katta konsert dasturini taqdim etadi
Jahon musiqa olamining yorqin yulduzi Shakira o‘zining "Las Mujeres Ya No Lloran World Tour" deb nomlangan dunyo bo‘ylab gastrol safari doirasida Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida katta konsert
Madaniyat23:38, 01-10-2026
«Afra Sarachog‘li» soch testi kokain aniqladi
«Afra Sarachog‘li» soch testi kokain aniqladi
Turkiya OAVlarida mashhur aktrisa Afra Sarachog‘lining giyohvand moddalar bo‘yicha olib borilayotgan sud-tibbiy tekshiruv natijalari ma’lum bo‘ldi. Ularning soch
Madaniyat23:47, 30-09-2026
Hamid Ismoilov Nobel mukofoti uchun 33/1 koeffitsiyent bilan ro‘yxatda joy oladi
Hamid Ismoilov Nobel mukofoti uchun 33/1 koeffitsiyent bilan ro‘yxatda joy oladi
O‘zbekistonlik yozuvchi Hamid Ismoilov 2026 yilgi adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti uchun bukmekerlar ro‘yxatida joy olgan. U Literary Hub xabariga ko‘ra, bu ro‘yxat
Madaniyat23:34, 30-09-2026