ENRU

Ronaldu Qizil dengiz sohilidan ikkita villa sotib oldi

Madaniyat
27
Ronaldu Qizil dengiz sohilidan ikkita villa sotib oldi
Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu va uning turmush o‘rtog‘i Jorjina Rodriges Qizil dengiz sohilida joylashgan The Red Sea Residences majmuasidan ikkita hashamatli villa xarid qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Ispaniyaning Marca nashri xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, ushbu hududga faqat charter qayig‘i yoki gidrosamolyot orqali yetib borish mumkin.

Bu esa mehmonlarga yuqori darajadagi maxfiylik, sokin muhit va begona nigohlardan xoli dam olish imkonini taqdim etadi. Ronaldu ushbu sotib olish haqida fikr bildirar ekan, Qizil dengizning betakror tabiati u va Jorjinani ilk tashrifdayoq o‘ziga maftun qilganini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu joyda uyga egalik qilish oilasi bilan xotirjam va yolg‘iz muhitda vaqt o‘tkazish imkonini beradi. Mazkur qaror Ronaldu oilasining xususiylik va osoyishta hayotga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqqan.

Shu bilan birga, bu qadam dunyodagi eng eksklyuziv hududlardan biriga muhim sarmoya kiritish sifatida baholanmoqda. Juftlik 2023 yildan beri ushbu maskanda dam olib kelmoqda va endilikda bu yerda uch xonali va ikki xonali ikkita villaga rasman egalik qiladi.

The Red Sea Residences bosh direktori Jon Pagano Ronaldu va Rodrigesning bu hududni tanlaganidan mamnunligini bildirib, bu qaror hududning hashamat, maxfiylik va tabiat bilan uyg‘unligiga berilgan yuksak baho ekanini ta’kidladi.

O‘xshash yangiliklar

Milliarder Uorren Baffet YouTube orqali o‘zbek iste’dodlarini tomosha qiladi
Milliarder Uorren Baffet YouTube orqali o‘zbek iste’dodlarini tomosha qiladi
Dunyoning eng boy va taniqli sarmoyadorlaridan biri, 96 yoshli milliarder Uorren Baffet bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazishi haqidagi ma’lumotlar jamoatchilik e’tiborini tortdi. Bu haqda One.uz xabar
MadaniyatBugun, 04:43
Oskar mukofoti sovrindori Eva Mari Seynt vafot etdi
Oskar mukofoti sovrindori Eva Mari Seynt vafot etdi
Gollivudning oltin davri vakili, taniqli amerikalik aktrisa Eva Mari Seynt 102 yoshida olamdan o‘tdi. U Los-Anjelesdagi o‘z xonadonida tabiiy sabablarga ko‘ra vafot
MadaniyatBugun, 04:41
Fotih Jalolov Muqimiy nomidagi davlat akademik musiqali teatri direktori etib tayinlandi
Fotih Jalolov Muqimiy nomidagi davlat akademik musiqali teatri direktori etib tayinlandi
Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatri jamoasiga yangi rahbar tayinlandi. Madaniyat vazirligining tegishli buyrug‘iga asosan, O‘zbekistonda xizmat
MadaniyatKecha, 23:59
Karina Kapur va Shohrux Xon yangi filmda hamkorlik qiladi
Karina Kapur va Shohrux Xon yangi filmda hamkorlik qiladi
Bollivudning mashhur yulduzlari Karina Kapur va Shohrux Xon oradan o‘n besh yil o‘tib, yangi kinoloyihada yana bir bor hamkorlik qilishi kutilmoqda. Tarqalgan
Madaniyat23:51, 06-10-2026
Grossmeyster Nodirbek Abdusattorovning unashtiruv marosimi bo‘lib o‘tdi
Grossmeyster Nodirbek Abdusattorovning unashtiruv marosimi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekistonlik taniqli shaxmatchi, xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorovning unashtiruv marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur marosim joriy yilning 4-oktyabr kuni
Madaniyat23:51, 05-10-2026
Netflix Wednesday serialining uchinchi mavsumi suratga olinganini e’lon qildi
Netflix Wednesday serialining uchinchi mavsumi suratga olinganini e’lon qildi
Netflix striming platformasi butun dunyoga mashhur bo‘lgan Wednesday serialining uchinchi mavsumini suratga olish ishlari yakunlanganini rasman e’lon qildi. Mazkur
Madaniyat23:31, 05-10-2026