ENRU

Yulduz Rajabova tavsiya qilgan uchta kitob

Madaniyat
69
Yulduz Rajabova tavsiya qilgan uchta kitob
Aktrisa Yulduz Rajabova o‘quvchilariga qaysi kitoblarni o‘qishni tavsiya etishini so‘rashganda, u bu borada o‘zining samimiy va qiziqarli fikrlarini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Unga ko‘ra, janr muhim emas, asosiysi, kitobning hikoyasi qiziqarli bo‘lishi kerak. Yulduz Rajabova hozirgacha o‘qib chiqqan va tavsiya qiladigan uchta kitobni alohida ta’kidladi.

Birinchi o‘rinda "Ibtido" asarini tilga oldi. U bu kitobni yaqinda o‘qib chiqqanini va syujeti uni oxirigacha o‘ziga jalb qilganini aytdi.

Ikkinchi tavsiya — "Bin Muhtashem Gunesh". Bu asarni aktrisa hozirda turk tilida o‘qiyotganini va undagi hissiyotlar uni chuqur o‘ylantirganini ta’kidladi.

Uchinchi tavsiya esa ayniqsa qizlar uchun qiziqarli bo‘lib, Sara Jio asarlarini o‘qishni tavsiya qildi. Uning fikricha, Sara Jioning kitoblari hissiy jihatdan boy bo‘lib, o‘quvchini befarq qoldirmaydi.

Yulduz Rajabova o‘zi asosan qog‘oz kitoblarni afzal ko‘rishini aytib o‘tib, qog‘oz kitoblarning o‘ziga xos hidi va ularni qo‘lda ushlab o‘qish zavqi haqida gapirdi. Shuningdek, u o‘zbek, rus va turk tillarida kitoblar o‘qishini ham qo‘shimcha qildi.

O‘xshash yangiliklar

Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
MadaniyatBugun, 15:42
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
MadaniyatKecha, 15:42
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
MadaniyatKecha, 13:49
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
Ikki marta "Oskar" mukofoti sovrindori, "O'tkir tig'lar" seriali va "Pianinochi" filmi aktyori Edrian Broudi O'zbekistonga tashrif buyurdi. Uning kelishi 21-22-oktabr
Madaniyat22:58, 21-10-2026
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Qozog'istonda giyohvand moddalar kontrabandasida gumonlanib qo'lga olingan rossiyalik reper Navai Bakirovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi.
Madaniyat16:32, 21-10-2026
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan «Ibn Sino» xalqaro mukofotini ta’sis etish rejalashtirilmoqda. Bu qaror 19
Madaniyat21:46, 20-10-2026