Bugun
TicNote Watch 17 tilda ovozdan matnga aylantiradi
+24°
ясно ветер 2 м/с, З
ENRU

Farangiz Abdazova tanqidlarga ochiq javob berdi

Madaniyat
143
Farangiz Abdazova tanqidlarga ochiq javob berdi
Aktrisa Farangiz Abdazova ijtimoiy tarmoqlarda o‘ziga nisbatan bildirilgan tanqidlarga javob berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Unda uni "qishloqqa kelin bo‘lgan" deb tanqid qilganlar bor edi. San’atkor bu kabi fikrlarni asossiz deb atab, o‘z kelib chiqishi haqida ochiq gapirdi.

“Men o‘zim qishloqda tug‘ilib o‘sgan qizman. Hatto tappi yopib katta bo‘lganman.

Buni hech qachon kamchilik deb bilmaganman,” — deydi aktrisa. U o‘z hayot tajribasidan kelib chiqib, qishloqda ulg‘ayganlikni faxr deb bilishini ta’kidladi.

Farangizning so‘zlariga ko‘ra, u kelin bo‘lib tushgan xonadonning sharoiti o‘zi ulg‘aygan oilaning sharoitidan ancha yaxshi. Aktrisa uchun insonning kelib chiqishi emas, balki uning tarbiyasi, mehnatsevarligi va hayotga bo‘lgan munosabati muhim.

U qishloqda tug‘ilib o‘sganlik hayotdagi muvaffaqiyatlarga to‘sqinlik qilmasligini alohida qayd etdi. Eslatib o‘tamiz, Farangiz Abdazova MY5 telekanali boshlovchisi Sirojiddin Hoshimjonov bilan suratga olish jarayonida tanishgan.

Ularning munosabatlari iliq bo‘lib, bir-birlarini yoqtirib qolishgan. Joriy yilda ular rasman nikohdan o‘tib, oila qurdilar.

O‘xshash yangiliklar

Halit Ergench va Maryam Uzerli yangi filmda birga suratga tushadi
Halit Ergench va Maryam Uzerli yangi filmda birga suratga tushadi
Dunyoga mashhur Muhtasham yuz yil serialida Sulton Sulaymon va Xurram Sulton obrazlarini mahorat bilan ijro etgan aktyorlar Halit Ergench hamda Maryam Uzerli oradan o'n besh yil o'tib, yangi
MadaniyatKecha, 23:59
Sidni Suini va Merilin Monro qarindosh ekani aniqlandi
Sidni Suini va Merilin Monro qarindosh ekani aniqlandi
Gollivudning mashhur aktrisalari Sidni Suini va afsonaviy Merilin Monro o‘rtasida yaqin qarindoshlik aloqalari borligi aniqlandi. MyHeritage genealogik platformasi
MadaniyatKecha, 23:44
Ahror Qo'shmatovning davolanishi uchun bir kunda ikki milliard so'm yig'ildi
Ahror Qo'shmatovning davolanishi uchun bir kunda ikki milliard so'm yig'ildi
Taniqli teleboshlovchi Ahror Qo‘shmatovning salomatligi yomonlashgani haqidagi xabarlar jamoatchilik o‘rtasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda
Madaniyat23:58, 09-10-2026
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga tashrif buyuradi
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga tashrif buyuradi
Dunyoga mashhur amerikalik bloger MrBeast, ya’ni Jimmi Donaldson o‘zining O‘zbekiston bo‘ylab ijodiy safarini davom ettirishi kutilmoqda. Uning ishchi jamoasi 10-oktabr
Madaniyat23:52, 09-10-2026
Mashhur videobloger MrBeast yangi loyihasini suratga olish uchun Toshkentga keldi
Mashhur videobloger MrBeast yangi loyihasini suratga olish uchun Toshkentga keldi
Dunyo bo‘ylab 520 milliondan ziyod kuzatuvchiga ega bo‘lgan sayyoramizning eng mashhur videoblogeri va tadbirkori MrBeast, ya’ni Jimmi Donaldson tarixiy tashrif bilan O‘zbekiston poytaxti Toshkentga
Madaniyat23:43, 09-10-2026
Parijda Markaziy Osiyo madaniy merosiga bagishlangan xalqaro konferensiya o'tkazildi
Parijda Markaziy Osiyo madaniy merosiga bagishlangan xalqaro konferensiya o'tkazildi
Fransiya poytaxti Parij shahridagi YUNESKO bosh qarorgohida Markaziy Osiyoning boy ilmiy, madaniy va ma’naviy merosiga bag‘ishlangan yuqori darajadagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Bu haqda
Madaniyat23:40, 09-10-2026