Bugun
Marat Mavlonov Taekvondo WT kumush medalga erishdi
+24°
пасмурно ветер 3 м/с, ЮВ
ENRU

Nolan suratga olgan "Odisseya" treyleri rekord o‘rnatdi

Madaniyat
40
Nolan suratga olgan
2025-yil 25-dekabr kuni taniqli rejissyor Kristofer Nolan tomonidan suratga olingan "Odisseya" filmi treyleri bir sutka ichida 121 million marta tomosha qilinib, rekord natijaga erishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Forbes nashri WaveMetrix kompaniyasiga tayanib xabar berdi. Mazkur ko‘rsatkich Nolan tomonidan suratga olingan avvalgi "Oppenheymer" filmi treyleridan ikki baravar yuqori.

"Oppenheymer" treyleri ilk 24 soatda taxminan 50 million marta ko‘rilgan edi. "Odisseya" Universal studiyasi uchun yilning eng muvaffaqiyatli treyleri sifatida e’tirof etildi.

Ko‘rishlar bo‘yicha eng katta ulush TikTok platformasiga to‘g‘ri kelgan — 27%. Treyler shuningdek, YouTube, Facebook, Instagram va X platformalarida ham katta qiziqish bilan tomosha qilingan.

Filmning asosiy mavzusi Gomerning mashhur "Odisseya" dostoni bo‘lib, unda Troya urushidan keyingi Odisseyning sarguzashtlari va safarlari hikoya qilinadi. Asosiy rolda Mett Deymon ishtirok etgan bo‘lsa, boshqa rollarda Enn Xeteuey, Tom Holland, Zendeya, Robert Pattinson, Lupita Niongo va Sharliz Teron kabi mashhur aktyorlar qatnashgan.

Film byudjeti taxminan 250 million dollarni tashkil etgan. "Odissseya" filmining premyerasi 2026-yil 17-iyulga belgilangan.

Shunga qaramay, chiptalar sotilishi relizdan bir yil oldin boshlangan. Film tomoshabinlar va kino ixlosmandlari orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

O‘xshash yangiliklar

«Forsaj» filmi asosida yangi maxsus serial suratga olinadi
«Forsaj» filmi asosida yangi maxsus serial suratga olinadi
Kinematografiya tarixidagi eng muvaffaqiyatli va serdaromad loyihalardan biri hisoblangan Forsaj turkumi endi striming platformalari orqali tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi. Bu haqda One.uz
MadaniyatKecha, 23:43
Jim Kerri 64 yoshida uchinchi bor rasman oila qurdi
Jim Kerri 64 yoshida uchinchi bor rasman oila qurdi
Gollivudning dunyoga mashhur yulduzi, taniqli komik aktyor Jim Kerri 64 yoshida uchinchi bor rasman oila qurdi. U o‘zidan 32 yosh kichik bo‘lgan rassom va aktrisa Min
MadaniyatKecha, 01:56
Italiyalik mashhur aktrisa Monika Belluchchi oltmish yoshni qarshi oldi
Italiyalik mashhur aktrisa Monika Belluchchi oltmish yoshni qarshi oldi
Jahon kinosining yorqin vakili, "Malena", "Matritsa" va "007: Spektr" kabi mashhur filmlardagi betakror rollari bilan tanilgan italiyalik aktrisa Monika Belluchchi 30-sentabr kuni 60 yoshini qarshi
Madaniyat23:50, 01-10-2026
Shakira Bishkekda o'zining ilk katta konsert dasturini taqdim etadi
Shakira Bishkekda o'zining ilk katta konsert dasturini taqdim etadi
Jahon musiqa olamining yorqin yulduzi Shakira o‘zining "Las Mujeres Ya No Lloran World Tour" deb nomlangan dunyo bo‘ylab gastrol safari doirasida Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida katta konsert
Madaniyat23:38, 01-10-2026
«Afra Sarachog‘li» soch testi kokain aniqladi
«Afra Sarachog‘li» soch testi kokain aniqladi
Turkiya OAVlarida mashhur aktrisa Afra Sarachog‘lining giyohvand moddalar bo‘yicha olib borilayotgan sud-tibbiy tekshiruv natijalari ma’lum bo‘ldi. Ularning soch
Madaniyat23:47, 30-09-2026
Hamid Ismoilov Nobel mukofoti uchun 33/1 koeffitsiyent bilan ro‘yxatda joy oladi
Hamid Ismoilov Nobel mukofoti uchun 33/1 koeffitsiyent bilan ro‘yxatda joy oladi
O‘zbekistonlik yozuvchi Hamid Ismoilov 2026 yilgi adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti uchun bukmekerlar ro‘yxatida joy olgan. U Literary Hub xabariga ko‘ra, bu ro‘yxat
Madaniyat23:34, 30-09-2026