Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 17 noyabr
+10°
qisman bulutli shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Ulug‘bek Qodirov “Setora” bilan sahnada orzusini ro‘yobga chiqardi

Madaniyat
40
Ulug‘bek Qodirov “Setora” bilan sahnada orzusini ro‘yobga chiqardi
Aktyor va xonanda Ulug‘bek Qodirov bolalikdagi eng katta orzularidan biri amalga oshganini samimiyat bilan so‘zlab berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Unga ko‘ra, afsonaviy “Setora” guruhi bilan bir sahnada qo‘shiq kuylash uzoq yillar davomida uning orzusi bo‘lgan. Ushbu voqea esa Ulug‘bek uchun haqiqiy Yangi yil sovg‘asiga aylandi.

Ulug‘bek Qodirovning aytishicha, yoshligida “Setora” guruhining konsertlariga kirish juda qiyin bo‘lgan. O‘sha paytlarda konsert chiptalarini topishning imkoni bo‘lmagani sababli, u do‘stlari bilan birga darvozadan oshib tushib, konsertga kirishga harakat qilgan.

Bu kunlarni u hozir kulgu bilan yodga oladi. O‘sha vaqtda sahnaga chiqish faqat bir orzu edi, xolos.

“Faqat niyat qilib yurganman. Yaratganimga shukr, Olloh ortig‘i bilan nasib qildi”, — deydi xonanda.

Kecha bo‘lib o‘tgan konsertda Ulug‘bek Qodirov ushbu orzusini amalga oshirdi. U afsonaviy “Setora” guruhi bilan birgalikda qo‘shiq kuylab, tomoshabinlarga kutilmagan va iliq lahzalarni tuhfa etdi.

Bu voqea nafaqat xonanda uchun, balki tinglovchilar uchun ham unutilmas lahzaga aylangan.
Madaniyat bo‘limi muxbiri

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026