Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 17 noyabr
+10°
qisman bulutli shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Muqaddas Xoliqova: "Hazil oilaviy murosa kalitidir"

Madaniyat
60
Muqaddas Xoliqova:
Ko‘plab kino va spektakllardagi rollari bilan tomoshabinlar mehrini qozongan aktrisa Muqaddas Xoliqova oilaviy hayot, sabr va murosa haqida samimiy fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U turmush va ijodni birgalikda olib borish oson bo‘lmaganini, ammo murakkab vaziyatlardan chiqishda eng yaxshi vosita hazil ekanini ta’kidladi. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha yillarda teatrdagi ish jadvali juda tig‘iz bo‘lgan.

Spektakllar kech boshlanib, kech tugardi. Uyda esa uch nafar kichik farzand kutardi: biri uch yoshda, biri ikki yoshda, yana biri bir yoshda.

Uyga qaytganida esa har kuni bir xil holat takrorlanardi. — Uyga kelib, eshikni taqillatardim, — deydi aktrisa.

— Ichkaridan “Kim?” degan ovoz eshitilardi. “Men”, derdim.

Turmush o‘rtog‘im bolalarni ko‘tarib turardi va hazilomuz ohangda: “Eyy, ishning onasini…” deb eshikni ochardi. Bu holat har kuni takrorlanar edi.

Bir kuni esa vaziyat o‘zgardi. Aktrisa eshikni taqillatib, o‘sha gapni hazil aralash o‘zi aytdi.

Bu turmush o‘rtog‘ining kulgiga sabab bo‘ldi va o‘sha kundan keyin bu gap boshqa qaytarilmadi. — Agar hayotda hazilni inkor qilsangiz, u juda jiddiylashib ketadi, — deydi Muqaddas Xoliqova.

— Ba’zan oddiygina bir hazil yoki kulgili gap muammoni yumshatishga yordam beradi. Aktrisaning bu soddalik va samimiyat bilan aytgan so‘zlari oilaviy murosada hazilning naqadar muhimligini anglatadi.

Madaniyat bo‘limi muxbiri

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026