Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 25 noyabr
+13°
qisman bulutli shamol 2 m/s, shimol
ENRU

Cyberpunk 2077 davomiy qismi 2030 yilgacha chiqmaydi

Madaniyat
138
Cyberpunk 2077 davomiy qismi 2030 yilgacha chiqmaydi
Polshada joylashgan CD Projekt RED studiyasi tomonidan ishlab chiqilayotgan Cyberpunk 2077 o‘yinining davomiy qismi yaqin yillarda sotuvga chiqmasligi mumkin. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Strefa Inwestorow portali Noble Securities tahlilchilarining fikriga asoslanib, yangi qism 2030 yildan oldin taqdim etilmasligini xabar qildi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, reliz sanasining kechiktirilishi bejiz emas.

Ishlab chiquvchilar bu safar o‘yinni texnik jihatdan mukammal qilishga alohida e’tibor qaratmoqchi. Xususan, davomiy qismda ko‘p foydalanuvchi rejimi (multiplayer) to‘liq ishlab chiqilishi va asosiy o‘yin mexanikasiga tabiiy ravishda qo‘shilishi rejalashtirilmoqda.

Shu bilan birga, yangi qism birinchi o‘yin chiqarilganiga o‘n yil to‘lishi munosabati bilan taqdim etilishi mumkinligi ham taxmin qilinmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Cyberpunk 2077 o‘yini 2012 yilda ishlab chiqila boshlangan va reliz sanasi bir necha marta kechiktirilgan.

Avvaliga 2019 yilda chiqarilishi rejalashtirilgan bo‘lsa-da, o‘yin 2020 yil noyabrida taqdim etilgan edi. Ammo relizdan keyin texnik muammolar, ayniqsa konsol versiyalaridagi xatolar, jiddiy tanqid va noroziliklarga sabab bo‘lgan.

Ushbu salbiy tajriba studiyani yangi loyihalarda ehtiyotkorlik bilan ishlashga undagan. Shuningdek, CD Projekt RED boshqa mashhur franshizasi – The Witcher seriyasini ham unutmagan.

2026 yilda The Witcher 3: Wild Hunt o‘yiniga pullik syujetli qo‘shimcha chiqarilishi rejalashtirilgan. Ushbu qo‘shimcha 2015 yilda chiqqan o‘yin voqealarini yangi The Witcher 4 bilan bog‘lashni maqsad qilmoqda.

The Witcher seriyasining to‘liq yangi qismi 2027 yil oxirida chiqarilishi kutilmoqda. Shu tariqa, CD Projekt RED yaqin o‘n yillikda yirik loyihalarni puxta reja asosida va sifatga katta e’tibor qaratgan holda taqdim etish yo‘lini tanlagani ko‘rinib turibdi.

Madaniyat bo‘limi muxbiri

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026