Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 23 noyabr
+15°
bulutli shamol 2 m/s, janubi-sharq
ENRU

Yulduz Usmonova: "Iste’dod emas, pul so‘rashadi"

Madaniyat
51
Yulduz Usmonova:
O‘zbek estradasining taniqli xonandasi Yulduz Usmonova yaqinda samimiy va kutilmagan javobi bilan yana e’tibor markazida bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Undan: “Eshigingizni taqillatib, yosh iste’dodlar shogird bo‘lishni so‘rab kelishadimi?” — deya savol berishdi. Biroq xonandaning javobi ko‘pchilik kutganidan farqli bo‘ldi.

“Yo‘q, hozir iste’dod so‘rab keladiganlar deyarli yo‘q. Aksincha, kreditimni yopib bering, deb keladiganlar bor.

Hozir ko‘pchilik faqat pul so‘raydi,” — dedi Yulduz Usmonova. Uning ohangidan bu holat unga yoqmayotgani va hatto biroz jahli chiqayotgani sezildi.

Xonanda san’atga chin dildan qiziqadigan va o‘rganishni istaydigan yoshlar soni kamayib borayotganidan afsusda ekanligini ta’kidladi. U o‘zining uzoq yillar davomida mehnat, matonat va iste’dod orqali san’atning yuqori cho‘qqilariga erishganini eslatib, bugungi kunda aksar yoshlar orasida sabr va mehnat o‘rniga oson yo‘l izlash odati kuchayib borayotganini ochiqchasiga aytdi.

Yulduz Usmonova, o‘z so‘zlari orqali, bugungi yosh avlodning san’atga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish zarurligini urg‘uladi va bu borada mehr, iste’dod va mehnatning ahamiyatini yana bir bor eslatdi.
Madaniyat bo‘limi muxbiri

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026