ENRU

Salman Xon 60 yoshni qarshi oldi

Madaniyat
43
Salman Xon 60 yoshni qarshi oldi
Hind kinosining mashhur aktyori Salman Xon bugun, 27-dekabr kuni o‘z tavallud kunini nishonlamoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U bu yil 60 yoshni qarshi oldi. Salman Xonning to‘liq ismi Abdul Rashid Salim Salman Xon bo‘lib, u 1965-yil 27-dekabrda Hindistonning Madhya-Pradesh shtatidagi Indaur shahrida tug‘ilgan.

Deyarli 40 yillik faoliyati davomida u 100 dan ortiq filmlarda rol ijro etgan va Bollivudning eng muvaffaqiyatli aktyorlaridan biriga aylangan. Salman Xon faqat ijodiy faoliyati bilan emas, balki shaxsiy hayoti bilan ham ko‘pchilikning e’tiborida.

U hali ham rasman uylanmagan va Hindistonda “eng talabgir bo‘ydoq” sifatida tanilgan. Aktyor nafaqat san’at sohasida, balki xayriya ishlari bilan ham faol.

U tashkil etgan “Being Human” jamg‘armasi orqali ko‘plab ehtiyojmand odamlarga yordam berib kelmoqda. Jamg‘arma ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida muhtojlarga ko‘mak ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.

O‘xshash yangiliklar

Halit Ergench va Maryam Uzerli yangi filmda birga suratga tushadi
Halit Ergench va Maryam Uzerli yangi filmda birga suratga tushadi
Dunyoga mashhur Muhtasham yuz yil serialida Sulton Sulaymon va Xurram Sulton obrazlarini mahorat bilan ijro etgan aktyorlar Halit Ergench hamda Maryam Uzerli oradan o'n besh yil o'tib, yangi
MadaniyatKecha, 23:59
Sidni Suini va Merilin Monro qarindosh ekani aniqlandi
Sidni Suini va Merilin Monro qarindosh ekani aniqlandi
Gollivudning mashhur aktrisalari Sidni Suini va afsonaviy Merilin Monro o‘rtasida yaqin qarindoshlik aloqalari borligi aniqlandi. MyHeritage genealogik platformasi
MadaniyatKecha, 23:44
Ahror Qo'shmatovning davolanishi uchun bir kunda ikki milliard so'm yig'ildi
Ahror Qo'shmatovning davolanishi uchun bir kunda ikki milliard so'm yig'ildi
Taniqli teleboshlovchi Ahror Qo‘shmatovning salomatligi yomonlashgani haqidagi xabarlar jamoatchilik o‘rtasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda
Madaniyat23:58, 09-10-2026
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga tashrif buyuradi
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga tashrif buyuradi
Dunyoga mashhur amerikalik bloger MrBeast, ya’ni Jimmi Donaldson o‘zining O‘zbekiston bo‘ylab ijodiy safarini davom ettirishi kutilmoqda. Uning ishchi jamoasi 10-oktabr
Madaniyat23:52, 09-10-2026
Mashhur videobloger MrBeast yangi loyihasini suratga olish uchun Toshkentga keldi
Mashhur videobloger MrBeast yangi loyihasini suratga olish uchun Toshkentga keldi
Dunyo bo‘ylab 520 milliondan ziyod kuzatuvchiga ega bo‘lgan sayyoramizning eng mashhur videoblogeri va tadbirkori MrBeast, ya’ni Jimmi Donaldson tarixiy tashrif bilan O‘zbekiston poytaxti Toshkentga
Madaniyat23:43, 09-10-2026
Parijda Markaziy Osiyo madaniy merosiga bagishlangan xalqaro konferensiya o'tkazildi
Parijda Markaziy Osiyo madaniy merosiga bagishlangan xalqaro konferensiya o'tkazildi
Fransiya poytaxti Parij shahridagi YUNESKO bosh qarorgohida Markaziy Osiyoning boy ilmiy, madaniy va ma’naviy merosiga bag‘ishlangan yuqori darajadagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Bu haqda
Madaniyat23:40, 09-10-2026