Bugun
Marat Mavlonov Taekvondo WT kumush medalga erishdi
+24°
пасмурно ветер 3 м/с, ЮВ
ENRU

Hande Erchel sog‘lig‘i borasidagi xavotirlarga javob bermadi

Madaniyat
37
Hande Erchel sog‘lig‘i borasidagi xavotirlarga javob bermadi
Turkiyaning mashhur aktrisasi Hande Erchel so‘nggi paytlarda yana muxlislar diqqat markazida. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Yaqinda u Vogue jurnali uchun maxsus fotosessiyada ishtirok etdi va suratlarni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida e’lon qildi. Ammo bu suratlar muxlislar orasida turli munosabatlarni keltirib chiqardi.

Ko‘pchilikning e’tibori aktrisaning uslubidan ko‘ra, uning juda ozib ketganiga qaratildi. Foydalanuvchilar uning salomatligi borasida xavotirli fikrlar bildirishdi.

Ularning ayrimlari aktrisaning juda xasta ko‘rinayotganini, yuzida charchoq alomatlari borligini ta’kidlashdi. Hattoki, ba’zi izohlarda uning bu holati anoreksiya bilan bog‘landi va muxlislar aktrisani shifokorga murojaat qilishga chaqirishdi.

Shunga qaramay, Hande Erchel bu boradagi tanqid va xavotirlarga javob bermadi. Uning sog‘lig‘i haqidagi shubhalarga esa opasi Gamze Erchel o‘z munosabatini bildirdi.

Gamzening so‘zlariga ko‘ra, Hande hozirda o‘zini yaxshi his qilmoqda. Ular yaqinda oila davrasida yoqimli ta’til o‘tkazishganini ham aytib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, Hande Erchel 1993 yil 24 noyabrda Turkiyaning Balikesir viloyati Bandirma shahrida tug‘ilgan. U ikki farzandli oilaning kichik farzandi bo‘lib, opasi Gamze Erchel ham aktrisa va model sifatida tanilgan.

Hande “Qalbim eshigini qoq”, “Halqa”, “Azize” kabi seriallar orqali mashhurlikka erishgan. So‘nggi yillarda esa u moda sohasida ham faoliyat yuritib, ijtimoiy tarmoqlardagi katta auditoriyasi bilan inflyuyenser sifatida tanilgan.

O‘xshash yangiliklar

«Forsaj» filmi asosida yangi maxsus serial suratga olinadi
«Forsaj» filmi asosida yangi maxsus serial suratga olinadi
Kinematografiya tarixidagi eng muvaffaqiyatli va serdaromad loyihalardan biri hisoblangan Forsaj turkumi endi striming platformalari orqali tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi. Bu haqda One.uz
MadaniyatKecha, 23:43
Jim Kerri 64 yoshida uchinchi bor rasman oila qurdi
Jim Kerri 64 yoshida uchinchi bor rasman oila qurdi
Gollivudning dunyoga mashhur yulduzi, taniqli komik aktyor Jim Kerri 64 yoshida uchinchi bor rasman oila qurdi. U o‘zidan 32 yosh kichik bo‘lgan rassom va aktrisa Min
MadaniyatKecha, 01:56
Italiyalik mashhur aktrisa Monika Belluchchi oltmish yoshni qarshi oldi
Italiyalik mashhur aktrisa Monika Belluchchi oltmish yoshni qarshi oldi
Jahon kinosining yorqin vakili, "Malena", "Matritsa" va "007: Spektr" kabi mashhur filmlardagi betakror rollari bilan tanilgan italiyalik aktrisa Monika Belluchchi 30-sentabr kuni 60 yoshini qarshi
Madaniyat23:50, 01-10-2026
Shakira Bishkekda o'zining ilk katta konsert dasturini taqdim etadi
Shakira Bishkekda o'zining ilk katta konsert dasturini taqdim etadi
Jahon musiqa olamining yorqin yulduzi Shakira o‘zining "Las Mujeres Ya No Lloran World Tour" deb nomlangan dunyo bo‘ylab gastrol safari doirasida Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida katta konsert
Madaniyat23:38, 01-10-2026
«Afra Sarachog‘li» soch testi kokain aniqladi
«Afra Sarachog‘li» soch testi kokain aniqladi
Turkiya OAVlarida mashhur aktrisa Afra Sarachog‘lining giyohvand moddalar bo‘yicha olib borilayotgan sud-tibbiy tekshiruv natijalari ma’lum bo‘ldi. Ularning soch
Madaniyat23:47, 30-09-2026
Hamid Ismoilov Nobel mukofoti uchun 33/1 koeffitsiyent bilan ro‘yxatda joy oladi
Hamid Ismoilov Nobel mukofoti uchun 33/1 koeffitsiyent bilan ro‘yxatda joy oladi
O‘zbekistonlik yozuvchi Hamid Ismoilov 2026 yilgi adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti uchun bukmekerlar ro‘yxatida joy olgan. U Literary Hub xabariga ko‘ra, bu ro‘yxat
Madaniyat23:34, 30-09-2026