Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 10 noyabr
+13°
пасмурно ветер 2 м/с, Ю
ENRU

Saida Rametova: "2025 yil men uchun unutilmas bo‘ldi"

Madaniyat
64
Saida Rametova:
O‘zbekiston xalq artisti Saida Rametova 2025 yilni unutilmas va barakali yil sifatida esladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Aktrisa yil yakunida o‘z hayotidagi eng muhim va quvonchli voqealar haqida samimiy fikrlarini bildirib o‘tdi. "Juda yaxshi yil bo‘ldi, hamma narsa muvaffaqiyatli kechdi.

Nihoyat, xalq artisti unvoniga ham sazovor bo‘ldim. O‘zimni baxtli san’atkor va baxtli ayol deb hisoblayman", — dedi Saida Rametova.

Uning aytishicha, 2025 yil nafaqat ijodiy yutuqlar, balki oilaviy hayotdagi muhim voqealar bilan ham esda qolarli bo‘ldi. Aktrisa bu yil buvijon bo‘lib, katta nevarasini uzatganini quvonch bilan tilga oldi.

Shuningdek, Saida Rametova oilasidagi fayz va baraka haqida ham so‘z yuritdi. "Turmush o‘rtog‘im 70 yoshga to‘ldi, men esa 68 yoshdaman.

Oilamiz tinch va osoyishta. Eng muhimi, ijodiy faoliyatim hamon davom etmoqda", — dedi u.

Yil yakunida aktrisa o‘z muxlislarini Yangi yil bayrami bilan tabriklab, ularga sog‘lik, xotirjamlik va baxt tiladi.

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026