Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 22 noyabr
+13°
to‘liq bulutli shamol 2 m/s, sharq
ENRU

Fransuz kinosi yulduzi Brijit Bardo vafot etdi

Madaniyat
80
Fransuz kinosi yulduzi Brijit Bardo vafot etdi
Fransuz va jahon kinosi tarixida o‘ziga xos iz qoldirgan mashhur aktrisa Brijit Bardo 91 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U 28 dekabr kuni Fransiyaning Sen-Trope shahridagi uyida vafot etdi. Bu haqda Fransiya matbuot agentligi xabar berdi.

1950–1960-yillar kinosining ramziga aylangan Brijit Bardo nafaqat aktrisa, balki o‘z davrining erkinlik, go‘zallik va jasorat timsoli sifatida e’tirof etilgan. Unga katta shuhratni 1956 yilda ekranlarga chiqqan "Va Xudo ayolni yaratdi" filmi olib kelgan.

Ushbu asar nafaqat Fransiyada, balki xalqaro miqyosda ham katta e’tibor qozongan. Bardo o‘zining 21 yillik ijodiy faoliyati davomida 47 ta filmda rol ijro etgan.

1973 yilda, mashhurlikning eng yuqori cho‘qqisida turgan paytida, u kutilmaganda kinodan voz kechishga qaror qilgan. Ushbu qarori o‘sha paytda jamoatchilikni hayratga solgan edi.

Mutaxassislar va kinotanqidchilarning fikriga ko‘ra, uning "Haqiqat" (1960) filmidagi roli aktrisalikka bo‘lgan mahoratining eng yuqori cho‘qqisi sanaladi. Ushbu filmda u sudlanayotgan ayol obrazini nihoyatda ishonarli va ta’sirchan tarzda gavdalantirgan.

Bardo boshqa bir qator mashhur filmlarda ham o‘z mahoratini namoyon etgan. Jumladan, "Viva Mariya!" (1965) filmida Janna Moro bilan birgalikda sarguzashtli komediya janrida, "Baxtsizlik yuz bergan taqdirda" (1958) filmida Jan Gaben bilan birga, shuningdek, "Parijlik qiz" (1957) filmida komedik qobiliyatlarini ko‘rsatgan.

Kinodan ketganidan keyin Brijit Bardo hayotini jonivorlar huquqlarini himoya qilishga bag‘ishladi. U o‘z nomidagi xayriya fondini tashkil etib, butun dunyoda hayvonlarga nisbatan shafqatsizlikka qarshi faol kurash olib bordi.

Shu orqali u nafaqat san’at, balki insonparvarlik sohasida ham katta iz qoldirdi.
Madaniyat bo‘limi muxbiri

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026