Bugun
Qirg'iziston o'zining ilk sun'iy yo'ldoshini koinotga uchirdi
+26°
пасмурно ветер 1 м/с, С
ENRU

Sevinch Mo‘minova: "Ajrashgan otalar farzandlarini unutmasin"

Madaniyat
35
Sevinch Mo‘minova:
Xonanda Sevinch Mo‘minova o‘zining navbatdagi intervyusida ajrashgan, lekin farzandlariga loqaydlik qilayotgan otalarga murojaat qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U bu gaplarni shunchaki maslahat sifatida emas, balki o‘zining hayotiy tajribasiga asoslanib aytayotganini ta’kidladi. “Ajrashgan bo‘lsangiz ham, farzandlaringizni unutmaslik kerak.

Ular sizning avlodingiz, sizning bir bo‘lagingiz. Ayniqsa qiz farzandlarga mehr berish juda muhim.

O‘g‘il bolalarga ham albatta e’tibor qaratish kerak. Ammo mehrsiz farzand ulg‘ayganda, uning ta’siri qaytar bo‘ladi.

Pushaymon bo‘lib qolasiz. Men bu gaplarni o‘z hayotimdan ko‘rib, bilib aytayapman,” — deydi xonanda.

Sevinch Mo‘minovaning so‘zlariga ko‘ra, ayrim otalar vaqt o‘tib o‘z qilmishlariga afsuslanadi, lekin kech bo‘ladi. “Bir kun kelib ko‘z yosh to‘kasiz, vijdoningiz qiynaydi, lekin o‘sha paytda ortga qaytishning iloji bo‘lmaydi,” — deya ogohlantirdi san’atkor.

Xonanda shuningdek, farzandlarga mehr berishning nafaqat ma’naviy, balki ruhiy va ilohiy barakasi borligini ham ta’kidladi: “Farzandga qilingan har bir yaxshilik, mehr, yordam Olloh tomonidan mukofotlanadi. Mehribon otaga rizq ham, baraka ham yog‘iladi.

Bunday odam qariganda xor bo‘lmaydi,” — dedi u. Sevinch Mo‘minova o‘z chiqishini ta’sirli misol bilan yakunladi: “Kichkinaligidan mehr ko‘rgan qiz ulg‘ayganda: ‘Onam va otam ajrashsa ham, otam meni hech qachon tashlab ketmadi,’ deb otasiga xizmat qiladi.

‘Dadajon,’ deb jonini beradi,” — deya xonanda ko‘zlaridagi hissiyotlarni yashira olmadi.

O‘xshash yangiliklar

Jim Kerri 64 yoshida uchinchi bor rasman oila qurdi
Jim Kerri 64 yoshida uchinchi bor rasman oila qurdi
Gollivudning dunyoga mashhur yulduzi, taniqli komik aktyor Jim Kerri 64 yoshida uchinchi bor rasman oila qurdi. U o‘zidan 32 yosh kichik bo‘lgan rassom va aktrisa Min
MadaniyatBugun, 01:56
Italiyalik mashhur aktrisa Monika Belluchchi oltmish yoshni qarshi oldi
Italiyalik mashhur aktrisa Monika Belluchchi oltmish yoshni qarshi oldi
Jahon kinosining yorqin vakili, "Malena", "Matritsa" va "007: Spektr" kabi mashhur filmlardagi betakror rollari bilan tanilgan italiyalik aktrisa Monika Belluchchi 30-sentabr kuni 60 yoshini qarshi
Madaniyat23:50, 01-10-2026
Shakira Bishkekda o'zining ilk katta konsert dasturini taqdim etadi
Shakira Bishkekda o'zining ilk katta konsert dasturini taqdim etadi
Jahon musiqa olamining yorqin yulduzi Shakira o‘zining "Las Mujeres Ya No Lloran World Tour" deb nomlangan dunyo bo‘ylab gastrol safari doirasida Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida katta konsert
Madaniyat23:38, 01-10-2026
«Afra Sarachog‘li» soch testi kokain aniqladi
«Afra Sarachog‘li» soch testi kokain aniqladi
Turkiya OAVlarida mashhur aktrisa Afra Sarachog‘lining giyohvand moddalar bo‘yicha olib borilayotgan sud-tibbiy tekshiruv natijalari ma’lum bo‘ldi. Ularning soch
Madaniyat23:47, 30-09-2026
Hamid Ismoilov Nobel mukofoti uchun 33/1 koeffitsiyent bilan ro‘yxatda joy oladi
Hamid Ismoilov Nobel mukofoti uchun 33/1 koeffitsiyent bilan ro‘yxatda joy oladi
O‘zbekistonlik yozuvchi Hamid Ismoilov 2026 yilgi adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti uchun bukmekerlar ro‘yxatida joy olgan. U Literary Hub xabariga ko‘ra, bu ro‘yxat
Madaniyat23:34, 30-09-2026
Xo Son-txe Toshkentga kelib «Kalmar o‘yini» rolini ko‘rsatdi
Xo Son-txe Toshkentga kelib «Kalmar o‘yini» rolini ko‘rsatdi
Xo Son-txe Toshkentga kelgani haqida xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan. Aktyorning poytaxtda ekanini ko‘rsatuvchi kadrlar paydo bo‘lib, uning o‘zbek muxlislari
Madaniyat23:59, 29-09-2026