Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Renat Muhambayev realiti-shouda g‘olib bo‘ldi

Madaniyat
34
Renat Muhambayev realiti-shouda g‘olib bo‘ldi
Dominikan Respublikasida o‘tkazilgan “Yulduzlar o‘rmondagi sarguzashtlar. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Karib mavsumi” realiti-shousida Renat Muhambayev g‘olib bo‘ldi. Bu haqda kursiv.uz xabar berdi.

Loyihaning hal qiluvchi bosqichiga besh ishtirokchi — Anna Tsukanova-Kott, Yekaterina Shkuro, Andrey Minin, Irina Pinchuk va Renat Muhambayev yetib keldi. Superfinalga yo‘l oson bo‘lmadi.

Ishtirokchilar murakkab to‘siqlar yo‘lagidan o‘tib, to‘plarni maxsus idishlarga tushirishlari kerak edi. Ushbu sinovda Anna Tsukanova-Kott birinchi bo‘lib musobaqani tark etdi, undan keyin esa Yekaterina Shkuro loyihadan chiqdi.

Tomoshabinlar uchun eng hayajonli qism avvalgi ishtirokchilarning ovoz berishi bo‘ldi. Eng ko‘p qo‘llab-quvvatlov Andrey Mininga berildi.

Agar u g‘olib chiqqanida, mukofot jamg‘armasi yana 1 million rublga oshgan bo‘lar edi. Biroq final sinovida hammasi o‘zgardi.

Superfinalchilar murakkab ko‘p bosqichli sinovlardan o‘tib, birinchi qavatdan uchinchi qavatga ko‘tarilishlari kerak edi. Ushbu sinovda eng yaxshi natijani Renat Muhambayev qayd etdi.

Renat Muhambayev 2015-yilda KVN Oliy ligasi chempioni bo‘lgan va “Kamyzyak o‘lkasi terma jamoasi” tarkibida g‘alaba qozongan. Shou g‘olibini Mixail Galustyan e’lon qildi.

Loyiha bosh sovrini — 7 million rubl — Renatga topshirildi. Bu haqda Olga Buzova ma’lum qildi.

Renat g‘alabadan so‘ng ko‘z yoshlarini tiya olmadi. U bu yutuq faqat o‘yin emasligini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, oilasi qiyin davrni boshdan kechirmoqda. Otasi so‘nggi yarim yilda o‘ninchi bor operatsiya qilingan, turmush o‘rtog‘ining ota-onasi esa o‘n yildan beri qurayotgan uyini yong‘inda yo‘qotgan.

Renat uchun bu g‘alaba oila uchun katta ma’noga ega bo‘ldi.
Madaniyat bo‘limi muxbiri

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026