Bugun
Marat Mavlonov Taekvondo WT kumush medalga erishdi
+24°
пасмурно ветер 3 м/с, ЮВ
ENRU

O‘zbek kinosi xalqaro maydonga chiqishga tayyorlanmoqda

Madaniyat
35
O‘zbek kinosi xalqaro maydonga chiqishga tayyorlanmoqda
"O‘zbekiston – 2030" strategiyasi doirasida milliy kinematografiyani yangi bosqichga olib chiqish va xalqaro maydondagi nufuzini oshirishga qaratilgan keng qamrovli rejalar ishlab chiqilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu strategiya asosida o‘zbek kinosining nafaqat ichki bozorda, balki xalqaro miqyosda ham raqobatbardoshligini ta’minlash ko‘zda tutilgan. Rejalarga ko‘ra, milliy filmlar dunyodagi eng mashhur 10 ta internet platformasiga joylashtiriladi.

Bu orqali o‘zbek filmlarini turli mamlakatlardagi tomoshabinlar osonlik bilan ko‘rishi mumkin bo‘ladi. Shu bilan birga, kino mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini bosqichma-bosqich oshirish ham rejalashtirilgan.

2024–2030-yillar davomida mamlakatimizning uch ming yillik tarixini, buyuk ajdodlarimizning madaniy va ilmiy merosini yorituvchi 50 ta yirik kinoloyiha amalga oshiriladi. Ushbu filmlar xalqaro kinofestivallar va telekanallar orqali namoyish etilib, o‘zbek madaniyatini dunyoga tanitadi.

Bundan tashqari, milliy qahramonlar obrazlarini ommalashtirish maqsadida 59 ta multiplikatsion film yaratilib, internet platformalari va televideniye orqali yosh avlodga taqdim etiladi. Bu filmlar orqali bolalarga milliy qadriyatlar va tarix zamonaviy formatda yetkaziladi.

Xalqaro miqyosda o‘zbek kinosini targ‘ib qilish uchun 54 ta film turli kinofestivallarda namoyish etiladi. Kino sohasiga 2,5 million dollar investitsiya jalb qilish va milliy kino mahsulotlari eksportini 10 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

Shuningdek, ijtimoiy-ma’rifiy yo‘nalishdagi loyihalar ham e’tiborda: harbiy-vatanparvarlik mavzusida 11 ta film, jadidchilik harakati namoyandalariga bag‘ishlangan 6 ta badiiy-publitsistik film ishlab chiqariladi. Mazkur chora-tadbirlar milliy kino mahsulotlari sifatini oshirish, ularni xalqaro bozorlarga olib chiqish va iqtisodiy samaradorligini kuchaytirishga xizmat qiladi.

O‘xshash yangiliklar

«Forsaj» filmi asosida yangi maxsus serial suratga olinadi
«Forsaj» filmi asosida yangi maxsus serial suratga olinadi
Kinematografiya tarixidagi eng muvaffaqiyatli va serdaromad loyihalardan biri hisoblangan Forsaj turkumi endi striming platformalari orqali tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi. Bu haqda One.uz
MadaniyatKecha, 23:43
Jim Kerri 64 yoshida uchinchi bor rasman oila qurdi
Jim Kerri 64 yoshida uchinchi bor rasman oila qurdi
Gollivudning dunyoga mashhur yulduzi, taniqli komik aktyor Jim Kerri 64 yoshida uchinchi bor rasman oila qurdi. U o‘zidan 32 yosh kichik bo‘lgan rassom va aktrisa Min
MadaniyatKecha, 01:56
Italiyalik mashhur aktrisa Monika Belluchchi oltmish yoshni qarshi oldi
Italiyalik mashhur aktrisa Monika Belluchchi oltmish yoshni qarshi oldi
Jahon kinosining yorqin vakili, "Malena", "Matritsa" va "007: Spektr" kabi mashhur filmlardagi betakror rollari bilan tanilgan italiyalik aktrisa Monika Belluchchi 30-sentabr kuni 60 yoshini qarshi
Madaniyat23:50, 01-10-2026
Shakira Bishkekda o'zining ilk katta konsert dasturini taqdim etadi
Shakira Bishkekda o'zining ilk katta konsert dasturini taqdim etadi
Jahon musiqa olamining yorqin yulduzi Shakira o‘zining "Las Mujeres Ya No Lloran World Tour" deb nomlangan dunyo bo‘ylab gastrol safari doirasida Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida katta konsert
Madaniyat23:38, 01-10-2026
«Afra Sarachog‘li» soch testi kokain aniqladi
«Afra Sarachog‘li» soch testi kokain aniqladi
Turkiya OAVlarida mashhur aktrisa Afra Sarachog‘lining giyohvand moddalar bo‘yicha olib borilayotgan sud-tibbiy tekshiruv natijalari ma’lum bo‘ldi. Ularning soch
Madaniyat23:47, 30-09-2026
Hamid Ismoilov Nobel mukofoti uchun 33/1 koeffitsiyent bilan ro‘yxatda joy oladi
Hamid Ismoilov Nobel mukofoti uchun 33/1 koeffitsiyent bilan ro‘yxatda joy oladi
O‘zbekistonlik yozuvchi Hamid Ismoilov 2026 yilgi adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti uchun bukmekerlar ro‘yxatida joy olgan. U Literary Hub xabariga ko‘ra, bu ro‘yxat
Madaniyat23:34, 30-09-2026