Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 18 noyabr
+17°
to‘liq bulutli shamol 2 m/s, shimoli-g‘arb
ENRU

Nasiba Abdullayeva: San’atga bag‘ishlangan hayot yo‘li

Madaniyat
196
Nasiba Abdullayeva: San’atga bag‘ishlangan hayot yo‘li
Xonanda Nasiba Abdullayeva haqida qiziqarli ma’lumotlar: 1. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Nasiba Abdullayeva 1961 yil 15-noyabr kuni Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Uning otasi Melik Yarmuhamedov eron millatiga mansub bo‘lsa, onasi Xalchuk Xalimakulova tojik millatiga mansub.

2. Bolaligidan musiqa va san’atga qiziqqan Nasiba akkordeon chalishni yaxshi ko‘rgan.

Otasi uning san’atga bo‘lgan qiziqishini doim qo‘llab-quvvatlagan. 3.

Xonanda intervyularida san’atkor bo‘lishiga qarindoshlari qarshi bo‘lganini, turmushi ham san’at bilan bog‘liq qiyinchiliklarga sabab bo‘lganini bir necha bor eslatgan. 4.

Nasiba Abdullayeva 18 yoshida ozarbayjonlik gitarachi Eldor Abdullayevga turmushga chiqqan. 5.

U turmush qurish qarorini qabul qilganida, otasi uning san’atdagi karyerasiga zarar yetishi mumkinligi haqida xavotir bildirganini eslaydi. 6.

1980 yilda Nasiba yangi tashkil etilgan "Samarqand" vokal-cholg‘u ansambliga solist sifatida taklif etiladi. Shu yili uning ishtirokida "Bari Gal" va "Samarqand" nomli musiqiy albomlar chiqqan.

7. 1990 yilda xonanda o‘zining "Ayriliq" nomli birinchi yakkaxon albomini taqdim etadi.

8. 2000 yilda eri bilan ajrashganidan so‘ng, ikki yil davomida sahnadan chetlanadi.

9. 2002 yilda esa san’atga qaytadi va faoliyatini davom ettiradi.

2004 yildan buyon O‘zbekiston davlat konservatoriyasida estrada ijrochiligi kafedrasida dars beradi. 10.

Nasiba Abdullayeva O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbekiston xalq artisti unvonlariga ega. Shuningdek, u "Mehnat shuhrati" ordeni, "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni va Ozarbayjon xalq artisti unvoni bilan taqdirlangan.

Madaniyat bo‘limi muxbiri

O‘xshash yangiliklar

Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Mayk Tayson mashhur turk serialida mehmon aktyor bo'ladi
Boks dunyosining efsanevi shaxsi Mayk Tayson aktyorlik kariyerasiga yangi sahifa qo‘shishi mumkin. Turkiyalik jurnalist Birsen Altuntash bergan ma’lumotlarga ko‘ra,
Madaniyat14:53, 27-10-2026
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda milliy kino san’atini rivojlantirish va sohani boshqarish tizimini tubdan isloh qilish maqsadida yangi tartiblar joriy etilmoqda. Davlat endilikda
Madaniyat23:55, 26-10-2026
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
Toshkentda zamonaviy «O'zbekfilm» kino shaharchasi barpo etiladi
O‘zbekiston poytaxtidagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga qarashli 10 gektar maydonda zamonaviy O‘zbekfilm kino shaharchasi barpo etiladi. Mazkur loyiha haqida Prezident
Madaniyat23:53, 26-10-2026
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O'zbekistonda Kinematografiya agentligi tugatilib soha boshqaruvi vazirlikka o'tdi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini boshqarish, moliyalashtirish va filmlar yaratish tizimi tubdan yangilanmoqda. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning soha
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kino san’ati namoyandalari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida milliy kinematografiyaning shonli o‘tmishi, inqirozli davrlari va bugungi
Madaniyat23:52, 26-10-2026
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
Prezident Ibn Sino haqidagi filmning suratga olish jarayoni bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktabr kuni Toshkent shahridagi O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurib, buyuk mutafakkir va tabib Abu Ali ibn Sinoning bolalik yillariga
Madaniyat23:30, 26-10-2026