Bugun
Marat Mavlonov Taekvondo WT kumush medalga erishdi
+24°
пасмурно ветер 3 м/с, ЮВ
ENRU

Pak Yon Xaning qisqa, ammo yorqin hayot yo‘li

Madaniyat
48
Pak Yon Xaning qisqa, ammo yorqin hayot yo‘li
“Qish Sonatasi” serialidagi San Xyuk obrazini gavdalantirgan koreyalik aktyor Pak Yon Xa qisqa, ammo yorqin hayoti davomida katta shuhrat qozongan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Uning ijodi va o‘limi haqida hanuzgacha turli savollar mavjud. Pak Yon Xa 1977 yil 12 avgust kuni Janubiy Koreyada tug‘ilgan.

U yoshligidan aktyorlik va musiqa sohasida o‘z qobiliyatini namoyon etgan. 17 yoshida MBC telekanalining “Theme Theater” dramasida debyut qilgan va bu orqali tomoshabinlar orasida tanilgan.

Keyinchalik u ko‘plab mashhur serial va filmlarda ishtirok etib, katta e’tibor qozongan. 2002 yilda “Qish Sonatasi” serialida San Xyuk rolini ijro etishi unga xalqaro miqyosda mashhurlik olib keldi.

Serial nafaqat Janubiy Koreyada, balki Yaponiya, Xitoy va boshqa Osiyo mamlakatlarida ham katta muvaffaqiyat qozondi. Shu bilan birga, Pak musiqaga qiziqishni boshladi va o‘zining bir nechta musiqiy albomlarini chiqardi.

Uning “Behind Love” va “Say Goodbye” qo‘shiqlari Yaponiyaning Oricon chartida yuqori o‘rinlarni egalladi. Pak Yon Xa Yaponiyada turli konsertlar o‘tkazdi va 2005-2008 yillar davomida “Oltin disk” mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Ammo aktyorning hayoti kutilmaganda fojiali yakun topdi. 2010 yilda, atigi 33 yoshida, Pak Yon Xa o‘z uyida hayotdan ko‘z yumdi.

Uning otasi og‘ir kasallik bilan kurashayotgan edi va Pak unga yaqindan yordam berayotgan edi. Politsiya uning o‘limini o‘z joniga qasd qilish sifatida qayd etdi, ammo bu voqea muxlislar uchun katta qayg‘uga sabab bo‘ldi.

2011 yilda Pak Yon Xaning onasi “Mening o‘g‘lim, haqiqiy Pak Yon Xa” nomli kitobni chop etdi. Ushbu kitobda aktyorning bolaligi, ijodiy faoliyati va hayoti haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan.

Pak Yon Xaning ijodi va hayoti ko‘plab muxlislar qalbida o‘chmas iz qoldirdi hamda koreys madaniyati va san’atiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.

O‘xshash yangiliklar

«Forsaj» filmi asosida yangi maxsus serial suratga olinadi
«Forsaj» filmi asosida yangi maxsus serial suratga olinadi
Kinematografiya tarixidagi eng muvaffaqiyatli va serdaromad loyihalardan biri hisoblangan Forsaj turkumi endi striming platformalari orqali tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi. Bu haqda One.uz
MadaniyatKecha, 23:43
Jim Kerri 64 yoshida uchinchi bor rasman oila qurdi
Jim Kerri 64 yoshida uchinchi bor rasman oila qurdi
Gollivudning dunyoga mashhur yulduzi, taniqli komik aktyor Jim Kerri 64 yoshida uchinchi bor rasman oila qurdi. U o‘zidan 32 yosh kichik bo‘lgan rassom va aktrisa Min
MadaniyatKecha, 01:56
Italiyalik mashhur aktrisa Monika Belluchchi oltmish yoshni qarshi oldi
Italiyalik mashhur aktrisa Monika Belluchchi oltmish yoshni qarshi oldi
Jahon kinosining yorqin vakili, "Malena", "Matritsa" va "007: Spektr" kabi mashhur filmlardagi betakror rollari bilan tanilgan italiyalik aktrisa Monika Belluchchi 30-sentabr kuni 60 yoshini qarshi
Madaniyat23:50, 01-10-2026
Shakira Bishkekda o'zining ilk katta konsert dasturini taqdim etadi
Shakira Bishkekda o'zining ilk katta konsert dasturini taqdim etadi
Jahon musiqa olamining yorqin yulduzi Shakira o‘zining "Las Mujeres Ya No Lloran World Tour" deb nomlangan dunyo bo‘ylab gastrol safari doirasida Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida katta konsert
Madaniyat23:38, 01-10-2026
«Afra Sarachog‘li» soch testi kokain aniqladi
«Afra Sarachog‘li» soch testi kokain aniqladi
Turkiya OAVlarida mashhur aktrisa Afra Sarachog‘lining giyohvand moddalar bo‘yicha olib borilayotgan sud-tibbiy tekshiruv natijalari ma’lum bo‘ldi. Ularning soch
Madaniyat23:47, 30-09-2026
Hamid Ismoilov Nobel mukofoti uchun 33/1 koeffitsiyent bilan ro‘yxatda joy oladi
Hamid Ismoilov Nobel mukofoti uchun 33/1 koeffitsiyent bilan ro‘yxatda joy oladi
O‘zbekistonlik yozuvchi Hamid Ismoilov 2026 yilgi adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti uchun bukmekerlar ro‘yxatida joy olgan. U Literary Hub xabariga ko‘ra, bu ro‘yxat
Madaniyat23:34, 30-09-2026