ENRU

Kumush Razzoqova: “Qo‘shiqlarimni boshqalar kuylamasin”

Madaniyat
32
Kumush Razzoqova: “Qo‘shiqlarimni boshqalar kuylamasin”
Xonanda Kumush Razzoqova o‘z shaxsiy hayoti haqida kamdan-kam hollarda oshkora gapiradigan san’atkorlardan biri hisoblanadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Uning ismini otasi Abdulla Qodiriyning mashhur “O‘tkan kunlar” romanidagi Kumush obraziga havas qilib qo‘ygan. Xonanda Rossiya fuqarosi, aktyor va musiqachi Vladimir Baramikov bilan turmush qurgan, biroq ular yigirma yil birga yashagach, ajrashishgan.

2013 yilda Kumush Razzoqova og‘ir avtohalokatga uchrab, jiddiy jarohat olgan. Bu voqea natijasida u ikki oy davomida yurish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan.

Uning ijodiy faoliyati “Sado” guruhida boshlangan. Biroq guruh ma’lum sabablarga ko‘ra tarqalib ketgan.

Hozirda esa xonanda deyarli ijod qilmaydi. Intervyularida u sahnada yoshlarga o‘rin bo‘shatish vaqti kelganini ta’kidlaydi.

Kumush Razzoqova o‘z qo‘shiqlarini boshqa xonandalar tomonidan ijro etilishiga qarshi ekanligini ochiq aytadi. “Men hali tirikman.

Qo‘shiqlarimni boshqa san’atkorlar kuylashiga ruxsat bermayman”, — deydi u. Shuningdek, u har bir san’atkorning faoliyati boshlanishi va tugashi tabiiy ekanini qayd etadi: “Kun kelib sahnani tark etib, yoshlarga yo‘l berish kerak.

Qariganda ham reyting talashib, kurashayotgan xonandalarni tushunmayman. San’atda erishish mumkin bo‘lgan narsalarga erishildi, endi yoshlarga imkoniyat berish kerak”.

Shu bilan birga, Kumush Razzoqova o‘zining eng katta kamchiligi sifatida kurashuvchan emasligini ochiq tan oladi. “Bu kamchiligimni haligacha yenga olmaganman.

Oson taslim bo‘laman”, — deydi u. Xonandaning “Yomg‘ir”, “Men seni hech kimga bermayman”, “Oq bulut”, “Saraton”, “Ikki daraxt” kabi qo‘shiqlari hali ham o‘zbekistonlik muxlislarning yuragidan chuqur joy egallab kelmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Halit Ergench va Maryam Uzerli yangi filmda birga suratga tushadi
Halit Ergench va Maryam Uzerli yangi filmda birga suratga tushadi
Dunyoga mashhur Muhtasham yuz yil serialida Sulton Sulaymon va Xurram Sulton obrazlarini mahorat bilan ijro etgan aktyorlar Halit Ergench hamda Maryam Uzerli oradan o'n besh yil o'tib, yangi
MadaniyatKecha, 23:59
Sidni Suini va Merilin Monro qarindosh ekani aniqlandi
Sidni Suini va Merilin Monro qarindosh ekani aniqlandi
Gollivudning mashhur aktrisalari Sidni Suini va afsonaviy Merilin Monro o‘rtasida yaqin qarindoshlik aloqalari borligi aniqlandi. MyHeritage genealogik platformasi
MadaniyatKecha, 23:44
Ahror Qo'shmatovning davolanishi uchun bir kunda ikki milliard so'm yig'ildi
Ahror Qo'shmatovning davolanishi uchun bir kunda ikki milliard so'm yig'ildi
Taniqli teleboshlovchi Ahror Qo‘shmatovning salomatligi yomonlashgani haqidagi xabarlar jamoatchilik o‘rtasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda
Madaniyat23:58, 09-10-2026
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga tashrif buyuradi
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga tashrif buyuradi
Dunyoga mashhur amerikalik bloger MrBeast, ya’ni Jimmi Donaldson o‘zining O‘zbekiston bo‘ylab ijodiy safarini davom ettirishi kutilmoqda. Uning ishchi jamoasi 10-oktabr
Madaniyat23:52, 09-10-2026
Mashhur videobloger MrBeast yangi loyihasini suratga olish uchun Toshkentga keldi
Mashhur videobloger MrBeast yangi loyihasini suratga olish uchun Toshkentga keldi
Dunyo bo‘ylab 520 milliondan ziyod kuzatuvchiga ega bo‘lgan sayyoramizning eng mashhur videoblogeri va tadbirkori MrBeast, ya’ni Jimmi Donaldson tarixiy tashrif bilan O‘zbekiston poytaxti Toshkentga
Madaniyat23:43, 09-10-2026
Parijda Markaziy Osiyo madaniy merosiga bagishlangan xalqaro konferensiya o'tkazildi
Parijda Markaziy Osiyo madaniy merosiga bagishlangan xalqaro konferensiya o'tkazildi
Fransiya poytaxti Parij shahridagi YUNESKO bosh qarorgohida Markaziy Osiyoning boy ilmiy, madaniy va ma’naviy merosiga bag‘ishlangan yuqori darajadagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Bu haqda
Madaniyat23:40, 09-10-2026