Bugun
Marat Mavlonov Taekvondo WT kumush medalga erishdi
+24°
пасмурно ветер 3 м/с, ЮВ
ENRU

Lola Yo‘ldosheva san’atdan rasman chekinishini e’lon qildi

Madaniyat
48
Lola Yo‘ldosheva san’atdan rasman chekinishini e’lon qildi
Lola Yo‘ldosheva – o‘zining noodatiy ijodi va sahnadagi xarizmasi bilan tanilgan xonanda va aktrisa. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U 1985 yil 4 sentyabrda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Uning otasi Ravshanbek Yo‘ldoshev uzoq yillar davomida ichki ishlar tizimida tergovchi bo‘lib faoliyat yuritgan.

Lola san’atga bo‘lgan qiziqishi sabab yoshligida ijod yo‘lini tanlagan. Lola dastlab 10 yoshida Shiribom reklamasida ishtirok etib ommaga tanilgan.

Uning professional ijodiy faoliyati esa 2002 yilda “Netayin” qo‘shig‘i bilan boshlangan. Keyinchalik u Rossiyalik prodyuser bilan hamkorlik qilib, “Maya” taxallusi ostida ijod qilgan.

2004 yilda Lola “Sevinch” filmida o‘zining ilk yirik rolini ijro etdi. Uning aktrisalik mahorati tomoshabinlar va mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi.

2005 yilda suratga olingan “Kelgindi kuyov” filmidagi roli unga katta shuhrat olib keldi. Shundan so‘ng, Lola bir nechta filmlarda muvaffaqiyatli rollar ijro etdi.

2005 yilda Lola tadbirkor Shohruh bilan oila qurib, san’atdan bir muddat chekinadi. Ularning ikki farzandi – Shahinabegim va Shohdiyor dunyoga kelgan.

Ammo 2011 yilda Lola va Shohruh ajrashishadi. Shu yili u “Senga” nomli konsert dasturi bilan shou-biznesga qaytadi.

2015 yilda Rayhonning konsertida “Ko‘nikmadim” duetini ijro etganida, ochiq qizil libosi sabab “O‘zbeknavo”dan ogohlantirish oladi. 2017 yilda Lola ikkinchi bor oila quradi va bugungi kunda uch nafar farzandning onasidir.

2025 yilda Lola o‘zining so‘nggi konsertini o‘tkazib, san’at sahnasidan chekinadi. U ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini ham yakunlab, Instagram sahifasini tozalab, muxlislariga “Yana ko‘rishguncha” deya qisqa murojaat qiladi.

O‘xshash yangiliklar

«Forsaj» filmi asosida yangi maxsus serial suratga olinadi
«Forsaj» filmi asosida yangi maxsus serial suratga olinadi
Kinematografiya tarixidagi eng muvaffaqiyatli va serdaromad loyihalardan biri hisoblangan Forsaj turkumi endi striming platformalari orqali tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi. Bu haqda One.uz
MadaniyatKecha, 23:43
Jim Kerri 64 yoshida uchinchi bor rasman oila qurdi
Jim Kerri 64 yoshida uchinchi bor rasman oila qurdi
Gollivudning dunyoga mashhur yulduzi, taniqli komik aktyor Jim Kerri 64 yoshida uchinchi bor rasman oila qurdi. U o‘zidan 32 yosh kichik bo‘lgan rassom va aktrisa Min
MadaniyatKecha, 01:56
Italiyalik mashhur aktrisa Monika Belluchchi oltmish yoshni qarshi oldi
Italiyalik mashhur aktrisa Monika Belluchchi oltmish yoshni qarshi oldi
Jahon kinosining yorqin vakili, "Malena", "Matritsa" va "007: Spektr" kabi mashhur filmlardagi betakror rollari bilan tanilgan italiyalik aktrisa Monika Belluchchi 30-sentabr kuni 60 yoshini qarshi
Madaniyat23:50, 01-10-2026
Shakira Bishkekda o'zining ilk katta konsert dasturini taqdim etadi
Shakira Bishkekda o'zining ilk katta konsert dasturini taqdim etadi
Jahon musiqa olamining yorqin yulduzi Shakira o‘zining "Las Mujeres Ya No Lloran World Tour" deb nomlangan dunyo bo‘ylab gastrol safari doirasida Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida katta konsert
Madaniyat23:38, 01-10-2026
«Afra Sarachog‘li» soch testi kokain aniqladi
«Afra Sarachog‘li» soch testi kokain aniqladi
Turkiya OAVlarida mashhur aktrisa Afra Sarachog‘lining giyohvand moddalar bo‘yicha olib borilayotgan sud-tibbiy tekshiruv natijalari ma’lum bo‘ldi. Ularning soch
Madaniyat23:47, 30-09-2026
Hamid Ismoilov Nobel mukofoti uchun 33/1 koeffitsiyent bilan ro‘yxatda joy oladi
Hamid Ismoilov Nobel mukofoti uchun 33/1 koeffitsiyent bilan ro‘yxatda joy oladi
O‘zbekistonlik yozuvchi Hamid Ismoilov 2026 yilgi adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti uchun bukmekerlar ro‘yxatida joy olgan. U Literary Hub xabariga ko‘ra, bu ro‘yxat
Madaniyat23:34, 30-09-2026