Bugun
SSKA o‘yinchisi Popov O‘zbekiston va Rossiya uchrashuvi haqida gapirdi
+19°
небольшая облачность ветер 3 м/с, СЗ
ENRU

Harry Potter o‘yini remeyki Unreal Engine 5’da yaratilmoqda

Madaniyat
50
Harry Potter o‘yini remeyki Unreal Engine 5’da yaratilmoqda
MattShadd taxallusi bilan tanilgan mustaqil dasturchi 2001-yilda kompyuter uchun yaratilgan *Harry Potter and the Philosopher’s Stone* o‘yinining remeyk versiyasi ustida ish olib bormoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu loyiha HP1R nomi bilan tanilgan bo‘lib, u Unreal Engine 5 texnologiyasi asosida qayta yaratilmoqda. Dasturchi bu ishni oddiy grafikani yaxshilash emas, balki o‘yinni to‘liq qayta yaratish deb ta’riflamoqda.

Bu haqda playground.ru sayti xabar berdi. Muallifning asosiy maqsadi – original o‘yin muhitini saqlab qolgan holda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash.

Loyihada mato va soch fizikasi, silliq animatsiyalar hamda ilg‘or grafik effektlar qo‘shilgan. Hozirga qadar o‘yinning eski darajalari yangi muhitga moslashtirilgan, dialoglarning ovozli yozuvlari integratsiya qilingan, shuningdek, parkur tizimi va jangovar mexanika ishlab chiqilmoqda.

Sehr-jodular uchun yangi vizual effektlar, jumladan, iz qoldiruvchi va portlashli partikl effektlar yaratilgan. Qahramonlarning harakatlari va NPClar (o‘yin qahramonlari bo‘lmagan personajlar) uchun tinim animatsiyalari qo‘shilgan.

Sehr o‘rganish mini-o‘yini ham qayta tiklangan. O‘yinchi belgilangan vaqt ichida kursorni shakl bo‘ylab harakatlantirishi kerak bo‘ladi.

Loyihaning texnik jihatlarida ham katta o‘zgarishlar qilingan. Masalan, Xogvarts devorlaridagi portretlar harakatlanuvchi animatsiyaga ega.

Saqlash tizimi ishlab chiqilib, o‘yin darajalari o‘rtasida obyektlarning holati eslab qolinadi. Katssena va dialoglar uchun maxsus tizim yaratilgan bo‘lib, dialoglarni o‘tkazib yuborish imkoniyati ham mavjud.

Dushmanlar uchun sun’iy intellekt tizimi ishlab chiqilgan. Pixilar uchun uchish mexanikasi qayta yozilgan, gnomlar bilan to‘qnashuvlar esa alohida ishlab chiqilgan.

O‘yinda bosh menyu, grafik sozlamalar va saqlangan fayllarni yuklash funksiyalari allaqachon faol. Dasturchi loyiha mualliflik huquqlarini buzishi mumkinligini tan oladi va bu ish faqat ko‘ngilochar hamda o‘quv maqsadlarida amalga oshirilayotganini ta’kidlaydi.

Shu bilan birga, huquq egalaridan kelishi mumkin bo‘lgan bloklash xavfini ham inobatga olmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
MadaniyatBugun, 15:42
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
MadaniyatKecha, 15:42
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
MadaniyatKecha, 13:49
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
«Oskar» sovrindori Edrian Broudi Butunjahon sammitiga ishtirok etish uchun O'zbekistonga keldi
Ikki marta "Oskar" mukofoti sovrindori, "O'tkir tig'lar" seriali va "Pianinochi" filmi aktyori Edrian Broudi O'zbekistonga tashrif buyurdi. Uning kelishi 21-22-oktabr
Madaniyat22:58, 21-10-2026
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Rossiyalik reper Navai Bakirov Qozog'istonga besh yil kirish taqiqlangan
Qozog'istonda giyohvand moddalar kontrabandasida gumonlanib qo'lga olingan rossiyalik reper Navai Bakirovga nisbatan ochilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi.
Madaniyat16:32, 21-10-2026
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan «Ibn Sino» xalqaro mukofotini ta’sis etish rejalashtirilmoqda. Bu qaror 19
Madaniyat21:46, 20-10-2026