ENRU

Netflix 2026 yilda chiqariladigan seriallar ro‘yxatini e’lon qildi

Madaniyat
34
Netflix 2026 yilda chiqariladigan seriallar ro‘yxatini e’lon qildi
Netflix platformasi 2026 yilda namoyish etiladigan asosiy seriallar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ular orasida mashhur seriallarning yangi mavsumlari va yangi ekranlashtirishlar mavjud. Bu haqda kursiv.uz xabar berdi.

Yanvar oyining oxiri va fevral oyida “Bridjertonlar” serialining to‘rtinchi mavsumi ikki qismda taqdim etiladi. Bu mavsumda voqealar Benedikt Bridjertonning sevgi hikoyasi atrofida rivojlanadi.

Mart oyida esa “Van Pis” serialining ikkinchi mavsumi namoyish etiladi. Mavsum “Into the Grand Line” nomi ostida efirga uzatiladi.

Unda Luffi va uning jamoasi yangi orollar va xavfli raqiblar bilan yuzlashadi. Serial 10 mart kuni ekranlarga chiqadi.

Yil boshida Gay Richi tomonidan yaratilgan “Jentlmenlar” kriminal komediyasining ikkinchi mavsumi ham tomoshabinlarga taqdim etiladi. Unda Eddi Hornimanning Londondagi narkobiznes olamidagi hikoyasi davom ettiriladi.

Bundan tashqari, 2026 yilda “Outer Banks” va “The Witcher” seriallarining yakuniy mavsumlari ham ko‘rsatilishi rejalashtirilgan. Yangi loyihalar orasida Jeyn Ostinning mashhur romani asosida suratga olinadigan “G‘urur va xurofot” seriali alohida e’tiborni tortmoqda.

Unda asosiy rollarni Emma Korrin va Oliviya Kolman ijro etadi. Shuningdek, Agata Kristi asari asosida suratga olingan “Yetti siferblat” detektiv seriali ham katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Serial ssenariysi “Peaky Blinders” muallifi Stiven Nayt tomonidan yozilgan, aktyorlar tarkibida esa Xelena Bonem Karter ham ishtirok etadi.

O‘xshash yangiliklar

Halit Ergench va Maryam Uzerli yangi filmda birga suratga tushadi
Halit Ergench va Maryam Uzerli yangi filmda birga suratga tushadi
Dunyoga mashhur Muhtasham yuz yil serialida Sulton Sulaymon va Xurram Sulton obrazlarini mahorat bilan ijro etgan aktyorlar Halit Ergench hamda Maryam Uzerli oradan o'n besh yil o'tib, yangi
MadaniyatKecha, 23:59
Sidni Suini va Merilin Monro qarindosh ekani aniqlandi
Sidni Suini va Merilin Monro qarindosh ekani aniqlandi
Gollivudning mashhur aktrisalari Sidni Suini va afsonaviy Merilin Monro o‘rtasida yaqin qarindoshlik aloqalari borligi aniqlandi. MyHeritage genealogik platformasi
MadaniyatKecha, 23:44
Ahror Qo'shmatovning davolanishi uchun bir kunda ikki milliard so'm yig'ildi
Ahror Qo'shmatovning davolanishi uchun bir kunda ikki milliard so'm yig'ildi
Taniqli teleboshlovchi Ahror Qo‘shmatovning salomatligi yomonlashgani haqidagi xabarlar jamoatchilik o‘rtasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda
Madaniyat23:58, 09-10-2026
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga tashrif buyuradi
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekistonning tarixiy shaharlariga tashrif buyuradi
Dunyoga mashhur amerikalik bloger MrBeast, ya’ni Jimmi Donaldson o‘zining O‘zbekiston bo‘ylab ijodiy safarini davom ettirishi kutilmoqda. Uning ishchi jamoasi 10-oktabr
Madaniyat23:52, 09-10-2026
Mashhur videobloger MrBeast yangi loyihasini suratga olish uchun Toshkentga keldi
Mashhur videobloger MrBeast yangi loyihasini suratga olish uchun Toshkentga keldi
Dunyo bo‘ylab 520 milliondan ziyod kuzatuvchiga ega bo‘lgan sayyoramizning eng mashhur videoblogeri va tadbirkori MrBeast, ya’ni Jimmi Donaldson tarixiy tashrif bilan O‘zbekiston poytaxti Toshkentga
Madaniyat23:43, 09-10-2026
Parijda Markaziy Osiyo madaniy merosiga bagishlangan xalqaro konferensiya o'tkazildi
Parijda Markaziy Osiyo madaniy merosiga bagishlangan xalqaro konferensiya o'tkazildi
Fransiya poytaxti Parij shahridagi YUNESKO bosh qarorgohida Markaziy Osiyoning boy ilmiy, madaniy va ma’naviy merosiga bag‘ishlangan yuqori darajadagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Bu haqda
Madaniyat23:40, 09-10-2026